Rossiyada yolg‘iz qolgan 5 oylik qizaloq O‘zbekistonga qaytarildi

02.09.2024 16:55
eye icon57
Rossiyada yolg‘iz qolgan 5 oylik qizaloq O‘zbekistonga qaytarildi
Buxoro viloyatida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘i Rossiya Federatsiyasida bo‘lish muddati tugaganligi sababli 2024-yilning 28-aprel kuni O‘zbekistonga qaytib kelishga majbur bo‘lganligi, ammo joriy yilning 25-yanvarida tug‘ilgan 5 oylik qizi Sankt-Peterburg shahridagi bolalar shifoxonasida ota-ona g‘amxo‘rligisiz yolg‘iz qolganligini bildirib, Bolalar ombudsmaniga murojaat qilgan.

Shuningdek, hozirda davolash jarayoni tugagan bo‘lsada, ayol farzandini O‘zbekistonga olib kelish moddiy imkoniga ega emasligini bildirib, bolani O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmanining aniqlik kiritishicha, murojaatchi ayolning farzandi tug‘ilish vaqtidan avval va juda kichik vaznda bir necha yurak kasalliklari bilan tug‘ilib, shu sababdan tug‘ilganidan beri Sankt-Peterburgdagi mazkur muassasada shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan va davolash jarayonida yuragiga operatsiya qilingan.

Shu bilan birga, kasalxona ma’muriyati bildirishicha, bolaning 8 oy davomida davolanishi muolajalari va operatsiya uchun ota-ona tomonidan to‘lov amalga oshirilmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Sankt-Peterburg shahridagi o‘zbek diasporasi qizaloqni davolanishi uchun kasalxonaga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ning bir qismini to‘plagan bo‘lsada, zarur mablag‘ning qolgan qismini to‘plashga hali ancha vaqt kerak bo‘lishi mumkin.

Shunga qaramay, bolaning shifoxonada tibbiy muolajalari uchun to‘lov qisqa fursatda O‘zbekiston yirik tadbirkorlaridan bo‘lgan homiy tomonidan to‘lab berildi.

Shuningdek, davolanishdan keyin bola hali to‘liq tiklanmaganligi va aviaqatnov paytida sog‘lig‘ida muammolarni oldini olish maqsadida Bolalar ombudsmani Sog‘liqni saqlash vazirligiga bolani O‘zbekistonga olib kelishda maxsus shifokor hamrohlik qilishida amaliy ko‘mak berilishiga oid so‘rov yubordi hamda mazkur jarayon yuzasidan kuzatuv olib borib, bolaning oilasi bilan doimiy aloqada bo‘ldi.

Kecha, 1-sentyabr kuni, Sankt-Peterburg shahridan vatanga qaytarilgan 14 nafar bola qatorida M.Z. Ichki ishlar vazirligi vakillari va shifokorlar hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi va ota-onasiga topshirildi. 

Endilikda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan bolaning sog‘lig‘ini saqlashga va oilaga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishga oid choralar ko‘riladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img