Asabiy ona o‘z farzandlari uchun xavf tug‘diradi va bolani g‘azabga beriluvchan qilib qo‘yadi. Har doim hayajonlangan onadan bolaga 3 ta gormon o’z ta’siri ko’rsatadi. Ular:
a) kortizon;
b) adrenalin;
c) norepinefrin.
Bularning ta’sirida bolani sog’lig’iga xavf tug’ilishi va ko’plab kasalliklarga chalinishi mumkin. Shunchaki, sizning asabiylashishingiz bolajonga umuman zarar keltirmaydi, deb o’ylamang!
Tibbiyot tomonidan onaning asabiylashishi natijasida, bola kasallanishi mumkin bo’lgan kasalliklarni aniqlandi:
1. Ixtiyorsiz siyish (ya’ni bola buni bilmasdan qilib qo’yadi, miyadagi kontrolni yo’qotadi);
2. Gapirishda qiyinchilik duch kelishi;
3. Unutuvchanlik (xotira susayib borishi);
4. Bola qandli diabet va qon bosimi kasalliklariga ko’proq moyil bo’ladi;
5. Konvulsiyalar, ya’ni spazmlar asab tizimida spazmlarga duch kela boshlaydi;
6. Asabiylashish;
7. Bolaning konsentratsiya darajasiga ta’sir qiladi va bu qonda adrenalin gormonining ko’tarilishiga bolani xotirasining vaqtincha yo’qolishiga olib keladi.
Sizni asabiylashtiradigan o’sha mashxur sabablar:
1. Siz narsa-hodisalarni mantiqsiz to’g’ri qabul qilasiz.
Onalar o’z farzandlarining itoatsizligini yoki uning so’zlarini bajarmasliklarini shaxsiyatiga haqorat sifatida qabul qiladilar!
2. Taxminlaringizni o’zgartirish kerak.
3 yoshli bolangiz bilan muomala qilish, 6 yoshli bola bilan muomala qilishdan farqli bo’lishi kerak va ularga nisbatan munosabat ham boshqacha bo’lishi lozim.
Aytmoqchimanki, siz farzandingizning sizga bo’lgan munosabatini hayoti davomida bir xil bo‘lishini kutmaysiz va bu normal holat ekanligini bilasiz, chunki siz mantiqsiz asabiylasha boshlamaysiz.
Shuningdek, biz bolaga buyurgan ishlarimizning hammasini qilishini kutmasligimiz kerak! Kun davomida tabiiy holatda bolajonimiz bir yoki ikki holatda » yo’q» yoki «qila olmayman», deb aytadi.
3. Energiyangiz tugadi.
Davom etishingiz uchun bir ozgina holi qolib, kuchingizni to’ldiring! Shunda siz ishlashingiz, yaxshi vaqt o’tkazishingiz mumkin, shunda siz bolalardan va hech kimdan uzoqroq bo’lishingiz shart emas.
Sizni asabiylikdan xalos qiladigan vositalardan hamda muvaffaqiyatli tarbiya sirlaridan biri bu:
O’zini tuta bilish va boshqara bilishdir.
Asabiylashishni kamaytirish uchun sizga yordam beradigan ko’plab usullar va qadamlar mavjud, jumladan:
Birinchi navbatda g’azabning asl sababini aniqlash kerak. Sizni nima bezovta qilmoqda? Va unga bola sababchimi? Bu asabiylashadigan ishmi? Bu aniq muammomi? Biz haqiqatan ham muammoga kirishimiz kerak, shunda uni qanday hal qilishni bilamiz.
O’zingizni boshqaring.