"Koinot"da Mustaqillik bayrami nishonlandi

01.09.2024 07:46
eye icon71
"Koinot"da Mustaqillik bayrami nishonlandi
Bugun Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi "Koinot" nomli 124-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasida  O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag'ishlangan katta tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni ochib berish uchun 124-DMTT metodisti Nilufar Ibrohimova so'zga chiqib, bolajonlar va tadbir ishtirokchilarini Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi.

Tadbirning rasmiy qismida bolajonlar yurtimiz madhiyasini kuylash bilan boshlashdi. Qo'llari ko'ksida, shijoat bilan madhiyani ijro etgan kichkintoylar va ular bilan birga tarbiyachilar hamda mehmonlar Vatanimizga bo'lgan chuqur hurmat va sadoqatlarini namoyon qilishdi. Madhiyadan so'ng bolalar o'z Vatanlariga bo'lgan mehr-muhabbatlarini yuksak his-tuyg'ular bilan ifoda etgan she'rlarni aytib berishdi. Ushbu she'rlar orqali bolalar yuraklaridagi Vatanga bo'lgan faxr va sadoqatni yanada kuchliroq his qildilar.









Tadbir davomida bolajonlar o'zlarining rang-barang liboslarida kuy-qo'shiqlarga mos raqslar ijro etishdi. Bu raqslar va sahna ko'rinishlari tadbir mehmonlarini hayratga soldi. Bolajonlarning san'atga bo'lgan qiziqishi va ijodiy mahorati barcha ishtirokchilarga ulkan zavq ulashdi.

Tadbirda mehmon bo'lgan ota-onalar, xotin-qizlar faollari, maktabgacha va maktab ta'limi xodimlari ham bolajonlar bilan birga bayramona kayfiyatni baham ko'rishdi. Mehmonlar bolalarning chiqishlaridan mamnun bo'lib, ularga o'zlarining esdalik sovg'alarini ulashishdi.

Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag'ishlangan bu tadbir barcha uchun unutilmas xotiraga aylandi. Tadbir nihoyasida barcha mehmonlar va bolajonlar birgalikda esdalik rasmga tushib, ushbu kuni yana bir bor o'z qalblariga muhrlashdi.

"Koinot" DMTTda o'tkazilgan bu tadbir, nafaqat bolajonlar, balki barcha ishtirokchilar uchun yangi taassurot va bayramona ruhiyat bag'ishladi. Bayram tadbiri, bolalarimizning kelajakda Vatanparvar insonlar bo'lib voyaga yetishlariga, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashiga xizmat qiladi.







Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img