Bolalar koloniyalariga yangi kitoblar yetkazib berildi

30.08.2024 20:38
eye icon40
Bolalar koloniyalariga yangi kitoblar yetkazib berildi
Bolalar ombudsmanining bolalar saqlanayotgan turli muassasalarga, xususan Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasi, ayollar koloniyasi va Toshkent shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida o‘tkazgan monitoringlari davomida mazkur maskanlar kutubxonalaridagi kitoblarning aksariyati eski nashrdagi adabiyotlar ekanligi, zamonaviy hayot va bolalarning bugungi kundagi asl qiziqishlariga mos kelmasligi aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Axborot xizmati xabar berdi.

"Bolalar ombudsmani o‘zbek tilining lotin alifbosidagi turli xil (badiiy, tarixiy , ma'rifiy asarlar, bolalar adabiyoti, belletristika, she’riyat va boshqa mavzularda) kitoblar taqdim etilishi masalasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga murojaat qildi. 
Bugun, 30-avgust kuni, Istiqlol ayyomi arafasida Jamg‘arma tomonidan ushbu muassasalardagi bolalarga mo‘ljallangan 500 dona zamonaviy va yangi nashrdan chiqqan kitoblar yetkazib berildi", – deyiladi xabarda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img