O‘qituvchiga darsni direktor taqsimlashi kerakmi?

29.08.2024 15:19
eye icon98
O‘qituvchiga darsni direktor taqsimlashi kerakmi?
2020-yilning 30-iyunida Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklarining qarori bilan tasdiqlangan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida” NIZOM Adliya vazirligida 3271-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mazkur Nizom bilan oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi belgilandi.

Endilikda oʻqituvchilarga dars soatlarni taqsimlashda ularning erishgan natijalari hamda kasbiy mahoratiga qarab ustuvorlik belgilandi. Bunda oʻqituvchlar pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan boʻlsa va kasbiy mahorati yuqori boʻlsa, birinchi navbatda ularga koʻproq dars soatlarini ajratish belgilab qoʻyildi. Shu oʻrinda aytish joizki, bilimli, tajribali va oʻz ustida doimiy ishlaydigan oʻqituvchiga koʻproq dars soati ajratilishi maktablarda taʼlim sifatining oshishiga xizmat qilib, kelgusida oʻzining ijobiy samarasini beradi.  

Xususan, oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

 xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

 oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;

 chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

 TOP–1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;

 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

 oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;

 respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;

 oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

 birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;

 ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;

 pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;

 belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;

 oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar; 

 qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;

 oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;

 pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;

 oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;

 oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.

Ushbu ketma-ketlik asosida oʻqituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari (bir yarim stavkagacha) belgilanishi tavsiya etiladi. Shu bilan birga maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻqituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin boʻlgan dars soatlari boshqa oʻqituvchilarga berilishi mumkin boʻldi.

Yana bir muhim jihati, aynan bir xil koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan bir nechta oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlari teng taqsimlanishi belgilab qoʻyildi.

Umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan taqsimlangan dars soatlari har yili 17-sentyabrga qadar elektron dasturga kiritiladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img