Bolalar vitamini uchun Nobel olgan olimlar

29.08.2024 13:33
eye icon140
Bolalar vitamini uchun Nobel olgan olimlar
Dorixonada sotiladigan, konfet kabi qog‘ozga o‘ralgan askorbin kislotasidan tatib ko‘rmagan bola topilmasa kerak. Chunki ba’zan bu “konfet”larni, siz xohlamasangiz ham, pulning qaytimi uchun berishadi-da. O‘zi bu qanday dori ekan deb hech o‘ylaganmisiz? Yo‘q, aslida, bu dori emas, balki C vitaminidir.

Biz, odamlar, yashashimiz uchun zarur bo‘lgan moddalarni tanimizga yig‘ish maqsadida ovqat yeymiz. Bu moddalar qatoriga vitaminlar ham kiradi. Vitaminlar organizmda juda ko‘p vazifalarni bajarib, bizning sog‘lom va kuchli bo‘lishimizni ta’minlaydi. Askorbin kislotasi esa vitaminlar ichida eng muhimlaridan biridir.

C vitamini suyaklar va tishlarning yaxshi o‘sishi, terining sog‘lom rivojlanishi, yara va jarohatlarning tez bitishi, immun tizimining mustahkam bo‘lishi uchun juda zarur. Yana C vitamini miyaning faoliyatini yaxshilaydi, tanangizdan charchoqlarni oladi, asosiysi, xolesterin bilan kurashib semirib ketishingizga yo‘l qo‘ymaydi.

C vitamini asosan turli meva va sabzavotlar tarkibida mo‘l bo‘ladi. Shuning uchun limon, mandarin, olcha, qulupnay, malina, karam, pomidor, bulg‘ori va ko‘katlardan ko‘proq yeyishingiz kerak.

1928-yilda kimyogar Albert Sent-Dyordi sof C vitaminini kimyoviy yo‘l bilan olishga erishadi. 1932-yilda esa Uolter Xouors vitaminning murakkab kimyoviy formulasini o‘rganib chiqadi. Bu ikki olimning ilmiy izlanishlari millionlab bemorlarning shifo topishiga, dunyo bolalarining sog‘lom o‘sishiga ko‘mak berdi. Shularni hisobga olgan holda Sent-Dyordi va  Xouorslar Nobel mukofoti bilan taqdirlandilar.

"Jajji akademik" jurnalidan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img