Surxondaryodagi bog‘chada 30 nafar tarbiyalanuvchi uchun jihozlangan guruhga 36-38 nafar bola qabul qilingani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumanidagi 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi holatligi aytilgan xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot
berildi.
Mazkur holat Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Mas’ullardan iborat ishchi guruhi tuzilib, manzilda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha axborot berilishi qayd etilgan.