Bolaning isitmasini tushirishda foydasiz usullar

27.08.2024 13:59
eye icon143
Bolaning isitmasini tushirishda foydasiz usullar
Farzandning sogʻligi yomonlashsa har qanday ota-ona oʻzini oʻqqa-choʻqqa uradi. Bu vaqtda oʻzi bilgan yoki bilmagan usullarni qoʻllab koʻradiganlar ham topiladi. Lekin salomatlik haqida soʻz borganda kimlardandir eshitgan maslahatlarga koʻr-koʻrona ishonib ketaverish yaramaydi. Odamlar orasida quyidagi holatlar tana haroratini tushirishda foyda beradi, degan fikr bor. Ammo bu notoʻgʻri.

Xoʻsh, qaysi hollarda tana haroratini tushirish foydasiz? 

14 yoshgacha boʻlgan bolalarga aspirin berish. Ushbu preparat jigar va miyaning shishishi bilan bogʻliq xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin (Reya sindromi).

Tanani sirka (uksus) yoki spirtli ichimliklar bilan artish. Ayniqsa, bola haqida gap ketganda.  Tanaga surtilgan spirtli ichimlik nafas yoʻllariga kiradi va bundan tashqari, u teriga singib ketadi, natijada, spirtli ichimliklardan zaharlanishga olib keladi.  Sirka (uksus) esa terini kuydiradi.

Sovuq dush qabul qilish. Shifokor bilan maslahatlashmasdan sovuq dush qabul qilish. Bunday usul orqali haroratning keskin pasaytirilishi angiospazmni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa  holatni yanada yomonlashtiradi.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img