Nima uchun bolaning qo‘lidan tortib yurmaslik kerak?

27.08.2024 12:42
eye icon56
Nima uchun bolaning qo‘lidan tortib yurmaslik kerak?
Baʼzan ota-onalar farzandining qoʻlidan koʻtarib, tortib yurishadi. Bu esa bola uchun xavfli hisoblanadi. Pediatr Muhsina Umarova bu borada quyidagi fikrlarni bildirgan.

Tirsak suyagi chiqishi (tirsak subluksatsiyasi) bolalarda eng koʻp uchraydigan shikastlanishdir. Xavf guruhi 5 yoshgacha boʻlgan bolalardir.  Bu jarohat bolani juda qattiq yoki toʻsatdan choʻzilgan qoʻlda tortganda paydo boʻladi. 

Tirsak subluksatsiyasining asosiy belgisi bola qoʻlni harakatga keltirganda ogʻriqdir.  Shu bilan birga shish, koʻkarish  belgilari boʻladi.

Shikastlanishning oldini olish uchun bolangizni qoʻllaridan koʻtarmang. Buning oʻrniga, uni qoʻltiq ostidan koʻtaring. Bolaning qoʻlini tortmang. Hech qachon chaqaloqlarni qoʻllaridan tortmang.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img