Yosh bola sabab Lacetti haydovchisi jabrlandi

27.08.2024 11:05
eye icon54
Yosh bola sabab Lacetti haydovchisi jabrlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda 26-avgust kuni bola katta yoʻlga yugurib chiqib, mashina urib yuborishiga bir bahya qolgani aks etgan video tarqaldi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea 25-avgust kuni soat taxminan 12:27 larda Fargʻona viloyatining So'x tumanida sodir boʻlgan. Bola toʻsatdan yoʻlga yugurib chiqqan. Oqibatda Lacetti haydovchisi yon tomonga keskin burilib ketgan. Bola yiqilib, keyin oʻrnidan turgan va qochib ketgan.

Lacetti haydovchisi ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani aytilmoqda.

Vaziyat ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan keskin tanqid qilindi. Ayrimlar ayb bolaning ota-onasida ekanini aytsa, boshqalar mashina haydovchisi aholi yashash joyida tezlikni oshirmaslik kerakligini aytgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img