O‘z jiyanlariga buzuq harakatlar qilgan erkak ushlandi

27.08.2024 08:47
eye icon102
O‘z jiyanlariga buzuq harakatlar qilgan erkak ushlandi
Qozogʻistonda oʻzbekistonlik ikki voyaga yetmagan jiyaniga uyatsiz, buzuq harakatlar qilgan erkak ushlangani haqida xabar berilgandi. Bolalar ombudsmani qizlar mamlakatga qaytarilganini maʼlum qildi.

6-iyun kuni bolalar ombudsmaniga 2000-yilda tugʻilgan ayol A.A.dan murojaat kelib tushgan. Unda onasi va otasi vafot etgani, u 2006-yilda tugʻilgan I.A. va 2012-yilda tugʻilgan S.R. ismli singillari uchun eng yaqin qarindosh boʻlsa-da, qizlar amakisi R.R.ning vasiyligiga berilganini, amakisi esa qizlarni Qozogʻistonga oʻz yashash manziliga olib ketgani, hozirda ularga uyatsiz buzuq harakatlar qilayotganini bildirgan.

Ayol oʻz singillariga jinsiy zoʻravonlik sodir etayotgan amakisiga nisbatan qonuniy chora koʻrishni hamda singillarini Oʻzbekistonga qaytarish hamda eng yaqin qarindosh ekanligi sababli qizlarga uni qonuniy vakil etib tayinlanishida amaliy yordam soʻragan.

Bolalar ombudsmanining IIVga va TIV orqali Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsuliga yuborgan soʻrovi asosida idoralarning tizimli va oʻzaro tezkor choralari natijasida 8-iyun kuni I.A. va S.R. amakisining uyidan politsiya va vasiylik organi tomonidan olib ketilib, murakkab ijtimoiy vaziyatlarga tushib qolgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash Olmaota shahri adaptatsiya markaziga joylashtirilgan edi. 

Jinoyat ishi doirasidagi ular bilan bogʻliq barcha tergov harakatlari oʻtkazilib boʻlganidan soʻng joriy yilning 24-avgust kuni qizlar Oʻzbekistonga qaytarildi va Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi.

Shu kunlarda qizlarning opasi A.A.ni ularga vasiy etib belgilashga oid hujjatlar rasmiylashtirilishi jarayoni ketmoqda.

Shuningdek, hozirda R.R.ga nisbatan dastlabki tergov tamomlanib, materiallar jinoyat ishlari boʻyicha tegishli tuman sudiga yuborildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img