O‘g‘il bolaning salomatligiga e‘tiborli bo‘ling

26.08.2024 12:44
eye icon69
O‘g‘il bolaning salomatligiga e'tiborli bo‘ling
Urolog shifokorlarning fikricha, erkaklarni butun umri davomida qiynaydigan jinsiy muammolar, xususan bepushtlik bolalikdan boshlanar ekan va pamperslar ham bu jarayonga ta’sir etishi mumkin ekan.

Afsus, o‘g‘il farzandlarda go‘daklikdayoq jinsiy muammolar paydo bo‘lishi farzand salomatligiga beparvolik tufayli ro‘y beradi. Kuzatuvchilarimiz o‘g‘il farzand parvarishida  bunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun bu haqida tegishli tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz. Mavzu yuzasidan shifokor urolog Ulug‘bek Ergashev bergan ma’lumotlarni ulashamiz. U onalarga 5 ta muhim tavsiyaga amal qilishni maslahat bergan 

1. Bola jinsiy a’zolarining qizib ketishidan asrang. Hozirgi kunda bu eng katta muammo. Negaki, farzandlarimiz tug‘ilganidan to 2 yoshga qadar kunu tun pampers taqilgan holatda bo‘lishadi. Onalar uchun bu qanchalik qulay bo‘lmasin, o‘z vaqtida almashtirilmagan taglik jinsiy a’zolarning qizishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa bolaning moyaklari uchun xavfli. Kunduzi bolaga pampers kiydirish shart emas. Uni chilla davrida to‘sishga o‘rgatsangiz bas, pampers taqishga xojat qolmaydi.  Moyaklarni qizdirib qo‘yish holati onalarning bolaga xaddan ziyod issiq, qalin kiyimlar kiydirishi oqibatida ham ro‘y berishi mumkin. Bularga nihoyatda e’tiborli bo‘lish shart. Shu yo‘l bilan siz farzandingizni ikki noxush dard – balonopostit (moyaklarning yallig‘lanishi) va enurez (tungi siyg‘oqlik)dan saqlagan bo‘dasiz.

2. Gigiyenaga rioya qiling. Albatta har bir ona chaqaloqni parvarishlashning umumiy qoidalarini biladi. Ammo o‘g‘il bolaning jinsiy a’zolari pavarishi haqida hamma ham xabardor emas. O‘g‘il bolaning jinsiy a’zosining uchi teri bilan berkitilgan bo‘ladi. Agar ona bolaning bu a’zosini bir kunda 3-4 martagacha iliq suvda sovunlab yuvmasa, jinsiy a’zo uchini yopib turuvchi teri ostida zararli bakteriyalar yig‘ilib, u yerda kuchli yallig‘lanish ro‘y beradi. Bu esa bir qator siydik yo‘llari kasalliklarga turtki bo‘ladi, hamda kelajakda uning nasl qoldirish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Bunday bo‘lmasligi uchun bolani har 3 soatda ostini issiq suvda yaxshilab yuvib, sochiqda artish va ochiq havoda biroz ishtonsiz qoldirish foydali. ( Bu borada islomda  o‘g‘il bolalarni go‘dakligida sunnat qilish amali ijobiy samara beradi.)

3. Bolaga tor kiyimlar kiydirmang. Bu ayniqsa ichki kiyimlarga tegishli. Aksariyat onalar farzandlariga tor “plavka” yoki shortik shaklidagi ichki kiyimlarni kiydirishadi. Ular jinsiy a’zolarni siqib, moyaklarning yaxshi rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada jinsiy a’zoda qon aylanishi buziladi. Onalar o‘g‘illariga xalq orasida “oilaviy” deb nomlangan bo‘ksa va moyak sohasini siqib turmaydigan, keng ichki libos kiydirishlari, uning yuz foiz paxtadan tayyorlanganini va yuvilganda kirishmasligiga ahamiyat berishlari kerak.  Albatta yuvilgach unga dazmol bosilishi ham shart.

4. Bolangizni shikastlanishdan asrang. Maktab yoshidagi bolalar “urush-urush” o‘ynash paytida bir-birlariga shikast yetkazishlari tabiiy. Ko‘pincha bola o‘yin bilan bo‘lib, aynan qaysi joyiga zarb tekkanini eslamaydi ham. Lekin qorin ostiga tushgan kuchli zarba keyinchalik uning urug‘ (sperma) tushishining qiyinlashlashuvi, jinsiy zaiflikka olib kelishi ham xech gapmas.  Ko‘p xollarda bu shikastlar siydik pufagi sohasida bo‘ladi. Og‘riq kuchli bo‘lganidan bola hushidan ketishi ham mumkin. Bolaga o‘rtoqlari bilan o‘ynaganda qorin ostiga urmaslikni va o‘zini ham bunday zarblardan himoyalashi kerakligini tushuntirish kerak. Bordi-yu, bunday holat ro‘y bersa, bola og‘riqdan shikoyat qilsa, zudlik bilan shifokor urologga yoki andrologga murojaat qilish zarur va shart.

5. Bolangizni yuqumli kasalliklardan ehtiyot qiling. O‘g‘il bola uchun ayniqsa ko‘p uchraydigan parotit (tepki) kasalligi xavfli xisoblanadi. Agar farzandingizda bu kasallik kuzatilsa, terapevt bilan bir qatorda, albatta uni urolog ko‘rigidan ham o‘tkazing. Chunki, tepki bolaning tuxumlarini zararlab, uni nobud qilish xususiyatiga ega. Har kuni bemor bolaning jinsiy a’zolarini tekshiring, moyaklari qizargan yoki shishganiga alohida ahamiyat bering. Bunday holatda shifokor buyurgan mikroblarga qarshi dori vositalari yordamida kasallikni davolash mumkin.

Bola voyaga yetayotgan paytda uni yana bir noxush kasallik kutib turishi mumkin. Bu o‘g‘il bolalarda ko‘p uchraydigan varikosel kasalligi.  U jinsiy a’zodagi  pastga tortuvchi og‘riq, moyakning kattalashuvi bilan ifodalanadi. Bu kasallikni zudlik bilan jarrohlik usulida davolash talab etiladi. Agar muolaja vaqtida bajarilmasa, kasallik bolaning buyragiga, voyaga yetganida esa  erlik quvvatiga jiddiy ta’sir etishi mumkin. Shunday ekan, kasallikni oldini olish muhimdir. Kasallikning oldini olish uchun bolaning ichi qotishiga yo‘l qo‘ymaslik, og‘ir yuklarni ko‘tarmasligi va siydik yo‘llari kasalliklaridan asrash zarur.

Ushbu besh tavsiyaga  amal qilinsa, o‘g‘il bolalar salomatligidagi ko‘pgina noxushliklardan saqlanish mumkin. Asosiysi, farzandingiz salomatligiga doir xar qanday o‘zgarishlarga beparvo bo‘lmang. O‘z vaqtida payqalgan xar qanday kasallikning oldini olish va davolash mumkin.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img