Qarovsiz qolgan 31 bola O‘zbekistonga qaytarildi

26.08.2024 09:06
eye icon32
Qarovsiz qolgan 31 bola O‘zbekistonga qaytarildi
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) o‘zining xorijiy hamkasbi – Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani M.Lvova-Belovaga yuborgan so‘rovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish choralari ko‘rilayotganligi, O‘zbekiston mas’ul idoralari vakillari tomonidan bolalarni vatanga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda RFda yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam so‘ragan.

"O‘zbekiston Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, RF Bolalar ombudmanining tezkor choralari natijasida mazkur masalada zarur ko‘mak ko‘rsatildi va ular joylashgan hududlarda bolalar uchun qulay va munosib shart-sharoit ta’minlandi", – deyiladi Bolalar ombudsmani Axborot xizmati xabarida.

Kecha, 25-avgust kuni 9 nafar bola, bundan avval 22 nafar bola (13 nafari - Sankt-Peterburg shahridan, 9 nafari - Moskva shahridan, 8 nafari - Novosibirsk shahridan, 1 nafari - Qozon shahridan olib kelingan) Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan yurtimizga qaytarildi.

Shuningdek, Bolalar ombudsmani bola manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi tezkor hamkorligi uchun RF Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildirgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img