Bolaga 1 million so‘zni o‘rgatish siri

25.08.2024 16:48
eye icon61
Bolaga 1 million so‘zni o‘rgatish siri
Bola miyasining 90% uning 3 yoshiga qadar rivojlanib bo'ladi. Shu davrda bolaga kitob o'qish miya rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Uch yoshli bolaning so'z boyligiga qarab u 3-sinfda "O‘qish"dan necha baho olishini oldindan bilsa bo'ladi.

Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob o'qib berilsa, u 1 yil mobaynida 1 millionga yaqin yangi so'zni eshitgan bo'ladi.

Birinchi sinf kitoblarini o'qiy olmagan bola, keyinchalik 4-sinf kitoblarini ham o'qiy olmaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar ko'p kitob o'qigan bo'lsa, ular 1-sinfga qadar boshqalarga nisbatan tezroq alifbeni o'rganadi, 20 gacha sanay oladi va o'z ismlarini yoza oladi.

Bolaning maktab yoshigacha bo'lgan davrida ota-onasi bilan kitob o'qishi, uni maktab davrida kitobga qiziquvchanligi oshishiga olib keladi.

Yoshligidan kitob o'qishga odatlangan bolada til nuqsonlari, gapirishda qiyinchiliklar bo'lishi kam namoyon bo'ladi.

O'qish boshqalarning hissiyotlarini tushunishga yordam beradi.

Kitobdan olingan ma'lumot televizor, internet va radiodagi qabul qilingan ma'lumotdan ko'ra ko'proq miyaga ijobiy ta'sir qiladi. Undan tashqari kitob o'qish zehnni charxlab, bola diqqatini bir joyda uzoq vaqt ushlay olish qobiliyatini kuchaytiradi.   

Statistikalarda qayd etilishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarga ota-ona kitob o'qib bersa, kitobga bo'lgan qiziqish 100% bo'ladi. To'rtinchi sinfga kelib kitobga bo'lgan qiziqish 54% gacha tushib ketadi. Buning sababi, bola bilan ota-ona birga o'qimasligida ekan.

Kitobni qiziqish va ishtiyoq bilan bolaga o'qib berish, keyinchalik unda kitobga mehr uyg'onishiga olib keladi.

Televizordagi berilayotgan "lug'at" dan ko'ra kitobda berilayotgan matndagi "lug'at" ikki barobar ko'pdir.

Uyda 6-8 yoshli bolalarga ota-onasi kitob o'qib berish davrini bolalarning biri kitobni sevganlari uchun xush ko'rsalar, biri ota-onasi bilan ajoyib vaqt o'tkazayotganlari uchun yaxshi ko'rar ekanlar.  Alal-oqibat, har ikki holatda ham buning bolalarga foydasi borligi shubhasizdir.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img