Kamqonlik kattayu kichikda kuzatiladigan muammo. Ushbu maqolada uning bolalarda qanday kechishi, kelib chiqish sabablari, oldini olish va davolash choralari haqida maʼlumot beramiz.
Bolalarda kamqonlik quyidagi belgilar bilan kuzatiladi:
– rangi oʻchishi, ayniqsa, koʻzning ichlari, milklari va qoʻl tirnoqlari taglari rangining oʻchishi;
– bolaning nimjon, tez toliqadigan boʻlib qolishi;
– kesak yeyishni yoqtirishi.
Umumiy sabablari:
– temir moddasini oz isteʼmol qilish;
– surunkali ichak infeksiyalari;
– qurtlar, ayniqsa, ankilostoma kabi.
Oldini olish va davolash:
– Goʻsht va boshqa temir moddasiga boy ovqatlardan isteʼmol qildiring. Shuningdek, loviya, noʻxat, mosh, oʻrik qoqi, qizil loviya, yer yongʻoqda ham biroz temir moddasi boʻladi.
– Anemiya sabablarini yoʻqoting, gijjalar koʻp boʻlgan joylarda bolaning oyoq yalang yurmasligini taʼminlang.
– Bolaga qora choy ichirmang.
– Agar farzandingizda gijjalar borligini taxmin qilayotgan boʻlsangiz, tibbiyot xodimi bola axlatini mikroskop ostida tekshirib berishi mumkin. Agar unda gijja tuxumlari boʻlsa, bolani davolating.
– S vitaminiga boy boʻladigan bulgʻor qalampiri, tut, qovun, tarvuz, qulupnay, pomidor, oʻrik kabi mahsulotlar qonga temir moddasining singishini koʻpaytiradi. Bolaga ulardan koʻproq bering.