Hali tug‘ilmagan bolaga meros qoldirish mumkinmi?

25.08.2024 11:26
eye icon53
Hali tug‘ilmagan bolaga meros qoldirish mumkinmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga binoan (1118-modda) meros ochilgan paytda hayot boʻlgan fuqarolar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida boʻlgan va meros ochilgandan keyin tirik tugʻilgan bolalari vasiyat va qonun boʻyicha merosxoʻr boʻlishlari mumkin.

Meros ochilgan paytda tuzilib boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham vasiyat boʻyicha merosxoʻr boʻlishlari mumkin.

Merosxoʻr oʻziga tegishi lozim boʻlgan merosni yoki uning bir qismini (ulushini) olish huquqiga, agar u keyinchalik merosdan voz kechmasa, vorislik huquqidan mahrum etilmasa va uni merosxoʻr etib tayinlash toʻgʻrisidagi vasiyat farmoyishi haqiqiy emas, deb topilishi natijasida meros olish huquqini yoʻqotmasa, meros ochilgan vaqtdan eʼtiboran ega boʻladi.

Qonun boʻyicha merosxoʻrlar vorislikka Oʻzbekiston Respublikasi Fukarolik kodeksiga asosan navbat tartibida chaqiriladilar.

Qonun boʻyicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tugʻishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.

Qonun boʻyicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi merosxoʻrlar boʻlmagan, merosdan chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoxud undan voz kechgan taqdirda meros ulushi olish huquqiga ega boʻladi.

Meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun boʻyicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tugʻilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.

Meros qoldiruvchining tugʻishgan hamda ona (ota) bir ota (ona) boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek uning ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi teng ulushlarda qonun boʻyicha ikkinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.

Meros qoldiruvchining tugʻishgan amakisi, togʻasi, ammasi va xolasi teng ulushlarda qonun boʻyicha uchinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.

Meros qoldiruvchining oltinchi darajagacha (oltinchi daraja ham shunga kiradi) boʻlgan boshqa qarindoshlari qonun boʻyicha toʻrtinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar, bunda yaqinroq qarindoshlar uzoqroq qarindoshlarga nisbatan meros olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar.

Vorislikka chaqiriladigan toʻrtinchi navbatdagi vorislar teng ulushlarda meros oladilar.

Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari, agar ular ushbu Oʻzbekiston Respublikasi Fukarolik kodeksining 1141-moddasi asosida meros olmasalar, qonun boʻyicha beshinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.

Taqdim qilish huquqi boʻyicha vorislik qonun boʻyicha merosxoʻr meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga oʻtishini nazarda tutadi, bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun boʻyicha merosxoʻr bilan bir xil darajada qarindosh boʻlgan avlodlar oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Agar vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha vorislikka chaqirilgan merosxoʻr meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa, unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha merosxoʻrlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan boʻlsa, uning vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga oʻtadi (meros transmissiyasi). Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxoʻrning vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img