O‘z o‘g‘liga kasallik yuqtirgan olim

24.08.2024 17:13
eye icon88
O‘z o‘g‘liga kasallik yuqtirgan olim
XVIII asr oxirlarida Angliyada chechak kasalligi quturayotgan edi. Shunda Edvard Entoni Jenner ismli tabib dahshatli bir ishga qoʻl uradi, uning bu ishi uchun qatl qilishlari ham mumkin edi. U chechak bilan kasallangan sigir yarasidagi yiringni kesib olib, oʻzining oʻgʻlini qoʻliga skalpel bilan kesib oʻsha yiringni oʻtkazadi. Natijada bola chechak bilan kasallanadi. 

Tabibning bu ishidan xabar topgan xukumat uni xibsga olib tergovga topshiradi. Biroq maʼlum vaqt oʻtib Jennerni nafaqat qoʻyib yuboradilar, balki unga katta mukofotlar xam beradilar. Gap shundaki Jenner oʻz oʻgʻliga kasallikni yuqtirib, unga qarshi davo vaksinasini tajriba qilib koʻrgandi. Bunday tavakalchilik faqat eng ulugʻ olimlarnigina qoʻlidan keladi. Shundan keyin Jennerning oʻgʻli sogʻayib ketgan va Jenner kashf qilgan vaksina minglab bolalarni oʻlimdan asrab qolgandi. Jenner esa shu voqeadan soʻng dunyoga mashhur boʻlgan.

Ixtiyor Esonov

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img