Bolalarning isitmasini tushiruvchi eng oddiy vosita

24.08.2024 15:35
eye icon75
Bolalarning isitmasini tushiruvchi eng oddiy vosita
Bolaning tana harorati koʻtarilsa, darrov uni shifokorga olib borishga shoshilamiz. Ukol, dorilar bilan isitmasini tushirishga harakat qilamiz. Ammo misrlik bir shifokorning quyida yozganlarini oʻqib, bolalarning harorati koʻtarilganda unga qanday yordam berishni bilib olish mumkin. U shunday deb yozadi:

«Kishilar bolalarining isitmasi koʻtarilganidan shikoyat qilib kelsalar jaxlim chiqib ketadi. Axir shunga xam shifokor, ukol yoki dori kerakmi? Uyda piyoz bor-ku, axir!

Fikrimni isboti oʻlaroq bir xayotiy voqeani xikoya qilib beray...

Kasalxonada qattiq isitma tufayli oʻlim bilan olishib yotgan bolani koʻrgani buvisi keladi va xolatni koʻrgach darxol bir dona piyoz keltirishlarini soʻraydi. Piyozni olib ikkiga boʻladi-da bolaning xar ikki oyogʻining tagiga bogʻlab paypogʻini kiygazib qoʻyadi. Ertasiga bola sogʻlom holda, xech narsa koʻrmaganday koʻzini ochadi. Paypoqning tagidagi piyoz parchasi esa tim qora tusda edi...

Yana bir voqea 1919-yilda Misrda qattiq gripp tufayli 40 ming kishi xayotdan koʻz yumadi. Shunda tabobat xodimlari qishloqlarda uyma-uy yurishib odamlarga yordam berishadi. Chekka bir joyda yashaydigan dexqonni uyiga yetib borishganida xayratga tushishadi, chunki butun oila soppa-sogʻ edi...
– Qanday qilib? – soʻradi shifokor. 
– Mana, – deb poʻsti archilmagan xolda oʻrtasidan kundalangiga ikkiga boʻlib qoʻyilgan piyozga ishora qildi uy egasi. 

Xar bir xonada shunday xolat. Bundan xayratga tushgan shifokor piyozni oladi va mikroskopga qoʻyib qaraydi. Piyoz qatlari ichi toʻla gripp mikroblarini koʻradi. Shundan malum boʻladiki, kesilgan piyoz mikroblarni oʻziga jalb qiladi va ularni oʻldiradi.

Juda oson va shu bilan birga juda foydali. Baʼzida oyogʻimiz tagida turgan foydali narsani koʻrmaymiz-u, uning muqobilini uzoqlardan qidiramiz!..

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img