Siz qanday onasiz?

24.08.2024 10:21
eye icon41
Siz qanday onasiz?
Bir maqolada keltirilishicha, dunyoda uch toifa onalar boʻlarkan. Ular farzandiga aytadigan soʻzlari bilan bir-biridan farq qiladi. Quyida ular bilan tanishing. Siz qanday onasiz?

Birinchi toifa – bolasiga kiyim yoki oʻyinchoq sotib olsa, “Aytchi, shirintoyim, bugun senga nima olib keldim?”, deydi va bola qalbini oʻziga bogʻlaydi, oʻziga yoʻnaltiradi.

Ikkinchi toifa – nuridiydasiga nimadir olganida, “Bolam, bu narsani men olib keldim, ammo dadajoning sogʻ boʻlsinlar, u kishi ishlab pul topdilar va senga shu narsani oldik”, deydi va bola koʻnglini otasiga bogʻlaydi va otaga yoʻnaltiradi.

Uchinchi toifa – bolasiga bir narsa olganida, “Bolajonim, buni senga men olib kelgan boʻlsam ham, otang ishlab topgan pulga sotib olgan boʻlsam ham, buni senga Alloh berdi. Har bir narsaning sohibi Alloh taolodir” deydi va bola qalbini Allohga bogʻlaydi, Ungagina yoʻnaltiradi.            
                                    
Birinchi ona – faqat Ona; 
Ikkinchi ona – vafoli Ona; 
Uchinchi ona – aqlli Ona va shu bilan birga ham muallimdir.

Qissadan hissa, onalar ham soʻzlari, ham amallari bilan farzandiga oʻrnak boʻlishadi. Shu sabab har bir soʻzingizga, amalingizga eʼtiborli boʻling, aziz onalar!

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img