Bola og‘ir yuk ko‘tarmasligi kerak!

23.08.2024 15:05
eye icon67
Bola og‘ir yuk ko‘tarmasligi kerak!
Bugungi kunda dunyoda 10-18 yoshlilar orasida eng ko‘p uchrayotgan ortopedik kasalliklarning 20 foizini skolioz kasalligi tashkil qiladi. Shuningdek, bemorlarda aniqlanayotgan skoliozning eng keng tarqalgan turi yoxud tashxis qo‘yilgan holatlardan 80 foizi idiopatik skoliozdir. Bu Belgiya ortopediya va skolioz tashxisi markazi tadqiqotlarida aniqlandi. Kasallik asosan og‘ir jismoniy mehnat va yuk ko‘tarish natijasida kelib chiqadi. Afsuski, oxirgi yillarda ushbu kasallikning o‘zbekistonlik bolalar orasida ham tarqalayotgani bor gap.

Skolioz aslida qanday kasallik?

Skolioz – bu mushak­skelet tizimi kasalligi, umurtqa oralig‘i disk lar, bog‘lov apparati va ular atrofidagi mushaklarning qaytmas degenerativ o‘zgarish lari bilan bog‘liq kechib, uning asosiy alomati umurtqa pog‘onasi deformatsiyasi hosil bo‘lishidir. Skoliozning og‘ir shakllari tana bilan bog‘liq ichki organlarda va tanada yaqqol kosmetik nuqsonlar hosil qiladi. Kasallik asosan og‘ir jismoniy mehnat va yuk ko‘tarish oqibatida yuzaga keladi. Boshqa sabablar sifatida mutaxassislar yaxshi ovqatlanmaslik, ochiq havoda sayr qilmaslik, yetarli uxlamaslik, suzish, gimnastika bilan shug‘ullanmaslik, maktabda bolalarga mos kelmaydigan parta va stullarda o‘tirishni keltirishmoqda. Qayd qilinishicha, skolioz kasalligi 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan yoshlarda (ko‘proq qiz bolalarda) uchraydi. Uning profilaktikasida bolaning qaddi­qomatiga chaqaloqlik davridan e’tibor qaratish birlamchi ahamiyatga ega.

Shifokor munosabati

– Bu kasallik umurtqaning o‘ng yoki chap yon tarafga qiyshayishi natijasida paydo bo‘ladi, – deydi malakali ortoped, professor Ahror Jo‘rayev. – Skoliozning yoysimon, «S» shakliga o‘xshash turlari mavjud bo‘lib, 4 xil darajada rivoj lanadi. Eng og‘ir darajasi to‘rtinchi bosqich hisoblanib, u bolaning ichki a’zolarida patologik o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bolani tashqaridan kuzatsangiz, unda bukrilik holatini sezasiz. Oyoq sohalarida falajlik, nevralgiya, parez qayd qilinadi. Kasallikni davolamasa, uning xuruji natijasida umurtqaning o‘z o‘qi atrofida aylanib ketishi oqibatida yana ham murakkab deformatsiyalovchi asoratlar paydo bo‘ladi. Bunday nuqsonlar o‘z-o‘zidan bolaning ichki a’zolari o‘rnidan siljishiga sabab bo‘ladi va ularning funksiyasi buzilishiga olib keladi. O‘pka, yurak-qon sistemasi ishi buziladi. Surunkali havo yetishmagandek bo‘ladi. Agar skolioz kasalligining boshlang‘ich darajalarida tibbiy yordam berilmasa, kelajakda bola nogiron bo‘lib qolishi hech gap emas. 

Kichik jussalarning katta tashvishlari

Men yashaydigan tuman uzumchilikka ixtisoslashgani bois yozning issiq saratonidan kech kuzning izg‘irinli sovuq paytigacha ulkan yuk mashinalari tinmay qatnab, xorijga uzum tashiydi. Uzoq yillardan buyon mirishkorlik bobida parkentlik larning o‘ziga xos tajribasi tillarda dos ton bo‘lib keladi. Ko‘pchilik qatorida biz ham o‘zimizga tegishli 1.5 gektarlik hududda uzum yetishtiramiz. Dehqonning mehnatini ko‘p holda arzimas baholab, pishiqchilik payti mo‘may daromad topadigan “xaridorlarimiz”ga bir kunda 80­-100 quti uzum yetkazib beramiz.

Shunday kunlarning birida akam favqulodda uyga ketadigan, uning o‘rniga esa yukni men va dadam topshiradigan bo‘ldik. Qabul qilayotgan joyga borib, navbatimiz kelganda, 100 ta 10­-12 kilogrammlik qutilarni “fura”ga orta boshladik. Yuk yarmiga yetmasdan charchab, nafasim bo‘g‘zimga tiqildi. Amallab harakat qilayotganimni ko‘rgan xaridor: “Hey, tezroq bo‘lsang­chi. Sendan ikki­uch yosh kichik ukalaring anavi yerda yukni o‘zlari ortyapti. Uyalmaysanmi?” deb piching qildi. Qarasam, haqiqatan ham, qo‘shni maktabning 8­-9 ­sinf bolalari bu ishni go‘yoki “ko‘zini yumib” bajarishar, juda tez ishlashardi.

Yukni topshirib bo‘lgandan keyin “supermen” bolalarning oldiga borib, shuncha kuchni qayerdan olishlariga qiziqdim.
– O‘tgan yili do‘stim Sanjar meni “fura”ga, yukni skotchlash uchun olib chiqa boshladi, – deydi 8-sinf o‘quvchisi Abdulloh. – To‘g‘risi, ota-onam bunga qarshi bo‘lishdi. Yuk men tenggi yoshlar u yoqda tursin, hatto kattalarni ham bir-ikki kunda “emaklatib” qo‘yishini aytishdi. Lekin menga pul kerak. Ba’zi “problema”larim bor edi. Avvaliga qiynaldim. Esimda: birinchi kuni ishdan keyin 3 kun uyda gavdamni ko‘tara olmay yotdim. Biroq sekin-sekin orada tanaffuslar bilan yukka chiqdim. Mana, hozir qiynalmayapman.

Qishloq joylarida bolaning kichikligidan boshlab og‘ir jismoniy mehnat qilishi odat tusiga kirgan. Ayniqsa, erta ko‘klamdan tortib, to kech kuzgacha maktabning 5­, hattoki, 4-­sinf o‘quvchisidan boshlab, har bir bola bu jarayonda faol ishtirok etadi, bir necha kilometrdan suv tashiydi, yuk ko‘taradi, dehqonchilik va bog‘dorchilik yumushlarida doimiy qatnashadi. Anglaganingizdek, maktab sumkasi dengizdan bir tomchi xolos. Bu ishlarda qiynalayotgan, jismoniy kuchi yetmayotgan bolasini ko‘rib, uni ozod qilguvchi ota-onalardan ko‘ra farzandini kichikligidan ishlatish orqali go‘yoki katta hayotga “tayyorlovchi” ota­-onalar ko‘p.

Mutaxassislar maktabga o‘quvchi ko‘tarib boradigan sumkaning og‘irligi bo‘yicha kunlik me’yor darajasini belgilab bergan. Unga ko‘ra, bir kunda 1-­2 ­sinf o‘quvchilari 1,5 kilogramm, 3-­4 ­sinf o‘quvchilari 2,2 kilogramm, 5-­6 ­sinf o‘quvchilari 2,5 kilogramm, 7­-8­ sinf o‘quvchilari 3 kilogramm, 9-­11­ sinf o‘quvchilari 3,7 kilogramm yuk ko‘tarishi kerak.

Tabiiyki, maktabga qadam qo‘ygan va ulkan maqsadlarni oldiga qo‘ygan har bir o‘quvchi yaxshi o‘qib, namunali xulq egasi bo‘lishga intiladi. Sumkalar esa 4­-5 kilogrammdan kam bo‘lmaydi. Bola sinfdan ­sinfga ko‘chgani sayin yuk ham yuqoridagi me’yorga nisbatan oshib boraveradi. Ammo 10-­11­sinf o‘quvchilari sumkasida 3,7 kilogrammlik darslik va o‘quv qurollari tugul, 1 ta kitob ko‘tarib borishga erinayotganlari ham haqiqat. Lekin ular allaqachon kattalik olamiga kirib bo‘lgan, ko‘pi maktabni bitirmasdanoq og‘ir ishlar bilan band bo‘lmoqda. Ba’zi ota-onalarning farzandlariga “o‘qib shahar olib bermasligini” iddao qilib, pul topishga undashi yoshlarning fiziologiyasi va salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi tayin. 

"Sening yoshingda Sening yoshingda falon ish qila falon ish qila olardim", "Sendek lardim", "Sendek paytimda pismadon aytimda pismadon ish qilishga qurbim yetgan" kabi kattalar qurbim yetgan" kabi kattalar iddaolari bugun har bir bolaga daolari bugun har bir bolaga begona emas. Shuning uchun hali begona emas. Shuning uchun hali maktabni bitirmasdanoq ishchi aktabni bitirmasdanoq ishchi kuchi talab qiladigan nuqtalarda, chi talab qiladigan nuqtalarda, mardikorlikda, qurilishda, ardikorlikda, qurilishda, hattoki yuqoridagi kabi biz attoki yuqoridagi kabi biz tasavvur ham qila asavvur ham qila olmaydigan katta hajmdagi olmaydigan katta hajmdagi yuk ko‘tarish jarayonida k ko‘tarish jarayonida bolalar salmog‘i yuqori. lalar salmog‘i yuqori.

O‘zbekistonda bolalik qonun bilan mustahkamlanmoqda

Keling, shu o‘rinda mamlakatimizda bolalarning haq­huquqlari himoya qilinishi, shaxsiy daxlsizligi kafolatlanishi, umuman, bolalar hayotiga bo‘lgan munosabat haqida ozgina fikr yuritsak.

"Sening yoshingda falon ish qila olardim", "Sendek paytimda pismadon ish qilishga qurbim yetgan" kabi kattalar iddaolari barcha bolalarga begona emas. Shuning uchun hali maktabni bitirmasdanoq ishchi kuchi talab qiladigan nuqtalarda, mardikorlikda, qurilishda, hattoki yuqoridagi kabi biz tasavvur ham qila olmaydigan katta hajmdagi yuk ko‘tarish jarayonida bolalar salmog‘i yuqori. Nahotki, bularni ko‘rib­ko‘rmaganga, bilib­bilmaganga olish bilan vaziyat o‘ng lansa? Nega bolalarni kattalar maqsadi, rejasi yo‘lida og‘ir ishlarga jalb qilib, ulardan arzon va hattoki tekin ishchi kuchi sifatida foydalanish kerak?!

Oybekning "Bolalik xotiralarim", Abdulla Qahhorning "O‘tmishdan ertaklar" yoxud Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asarlarini o‘qib, ulardagi qahramonlarning yo‘qotilgan bolaligiga guvoh bo‘lamiz. Yoki bo‘lmasa, "Shum bola"ni olaylik. E’tibor bering, mazkur asarlardagi voqealar, asar qahramonlaridagi muammolar, turmushidagi chigal vaziyatlarning barchasiga o‘sha davrdagi og‘ir tuzum, ijtimoiy abgor vaziyat sabab bo‘lgan. Ammo shunda ham asar qahramoni sifatida talqin qilingan bolalar hayotini tashvishsiz, o‘yinqaroq, baxtli bolalikka qiyoslasak bo‘ladi.

Lekin, taassufki, bugun yoshlar, xususan, bolalarning o‘qib­o‘rganishi, sog‘lom va barkamol voyaga yetishi uchun barcha shart­sharoit mavjud bo‘lsa­da, ular kattalar tomonidan turli xildagi zo‘ravonliklar qurboni bo‘lib qolayotganday. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 2023 yilda bolalarning og‘ir mehnatga jalb qilinishi, qadr­qimmati kamsitilishi, bulling(mayda zo‘ravonlik)ga uchrash holati keskin oshgan. Bu esa amaldagi qonunchilik mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.

Yaqinda Oliy Majlis Senatining 55­-yalpi majlisida "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha turlaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinganini eshitgan har qaysi ongli odam borki, endi yurtimizda har bir bola uchun ishonchli huquqiy himoya yaratilganini e’tirof etmoqda.

Qayd qilinishicha, qonun bilan bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning, og‘ir mehnatga jalb qilishning oldini olish bo‘yicha umumiy va individual choralar belgilanyapti. Xususan, zo‘ravonlikdan jabrlangan bolaga himoya orderini rasmiylashtirish, oilada ota­onasi yoki yaqin qarindoshlari tomonidan bolaning hayoti va sog‘lig‘iga xavf soladigan zo‘ravonlik holatlari aniqlanganda, uni oiladan olib qo‘yish va xavfsizligini ta’minlash, zo‘ravonlikni sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil shaxslarga xulq­atvorini tuzatish choralarini qo‘llash va hokazo.

– Bu qonun bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, kamsitish va ekspluatatsiya holatlariga qarshi har tomonlama huquqiy himoyani ta’minlaydi, shuningdek, u har bir bolaning xavfsiz muhitda o‘sibulg‘ayish huquqini himoya qiladi, – deydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio "Kun.uz" nashriga bergan intervyusida. – Bundan tashqari, qonun bola huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalarga to‘la mos keladi va O‘zbekiston bolalarni hamma joyda – uyda, maktabda va jamiyatda himoya qilish majburiyatini zimmasiga olganini tasdiqlaydi. UNICEF ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaganidan faxrlanadi va biz uning to‘la amalga oshirilishini ta’minlash uchun hukumat bilan yaqin hamkorlikni davom ettiramiz. Ushbu qonun qonunchilikdagi shunchaki bir norma emas, balki u O‘zbekiston farzandlarining kelajagi uchun majburiyat hamdir. 

Ha, ushbu qonun bilan o‘zbek bolalari taqdirini ijobiy tomonga o‘zgartirish, o‘zbek mentalitetidagi "o‘lmaydi, odam bo‘ladi, hayotni ko‘radi" qabilidagi qarashlarni jiddiy o‘zgartirishga umid bog‘lash mumkin. Balki shu orqali bolalarning biz ko‘tarayotgan mavzu doirasida og‘ir yuk ko‘tarishga jalb qilinishi keskin kamayar. Buning uchun qonunning ijroga qaratilishi samarali amalga oshirilsa, bu borada jamoatchilik va huquq-tartibot organlari hamkorlikni izchil davom ettirsa, yetarli.

Ilhomjon ABDUQAYUM o‘g‘li,
"Adolat" gazetasi 34-sonidan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img