Joriy yilning 16-avgust kuni Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyachi bolalarni qisqa muddatga nazoratsiz qoldirgan. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Shu vaqtda tarbiyalanuvchi 2023-yilda tugʻilgan R.G. (qiz bola)ni boshqa tarbiyalanuvchi bola oʻzaro tortishuvda tishlab olgan.
Mazkur holatda bolalar parvarishiga yetarlicha eʼtibor bermay nazorat qilmaganligi sababli bogʻcha tarbiyachisi T.Sh. lavozimidan ozod etilgan.
Hozirda 2023-yilda tugʻilgan R.G.ning ahvoli ijobiy boʻlib, sogʻligʻi uchun hech bir xavf mavjud emas.