«Quloqsiz» bolani jazolash foyda bermaydi

23.08.2024 11:46
eye icon131
«Quloqsiz» bolani jazolash foyda bermaydi
Ota-onaning hayotida shunday vaqtlar boʻladiki, ular bolaning intizomi tufayli jiddiy xavotirga tushishadi. Bu qichqirayotgan goʻdak boʻladimi yoki oʻzboshimcha oʻsmirmi, ota-onalar uchun har ikki holatda ham xotirjamlikni saqlash qiyinchilik tugʻdiradi. Tartib-intizom bu – bola ota-ona xohlagan narsani qilishga majbur degani emas. Siz bolani “yaxshi” boʻlishga majburlay olmaysiz. Ehtimol, ba’zi bolalar baqirish va kaltaklashdan soʻng, ota-onasiga yoqmaydigan narsalarni qilishni toʻxtatarlar. Ammo bunday xatti-harakatlar kelajakda bola bilan boʻlgan munosabatga ijobiy ta’sir qiladimi?

Yodda tutish lozim: yomon bolalar boʻlmaydi, balki notoʻgʻri tarbiya boʻladi.

Nima uchun bolalarga mas’uliyatli boʻlishni oʻrgatish kerak?

Baland ohanglardagi qoʻpol suhbatlar bolaning ruhiyatiga va uning kelajakdagi hayotiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Buning oqibatida yuzaga kelgan doimiy “toksik stress” koʻplab salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, masalan, maktabni tashlab ketish ehtimoli, ruhiy tushkunlik, giyohvandlik, oʻz joniga qasd qilish yoki yurak kasalliklari.

Jazo va boshqa nomaqbul choralardan farqli oʻlaroq, ijobiy yondashuv bola bilan sogʻlom munosabatlarni rivojlanishiga olib keladi.

Bola bilan birga muloqot uchun vaqtni rejalashtiring
Yakkama-yakka suhbatlar har qanday normal munosabatlarni oʻrnatish uchun juda muhimdir, ayniqsa bolalarga kelganda. Suhbat kuniga atigi 20, hattoki 5daqiqagina boʻlishi mumkin.

Jazodan koʻra koʻproq maqtov
Kichkintoylar maqtovni, ayniqsa ota-onalarini xursand qilishni yaxshi koʻradilar. Bolalar ularga e’tibor berishlarini juda xohlashadi. Agar siz oʻzingizga yoqadigan xatti-harakatini ragʻbatlantirsangiz, bolangiz sizni xursand qilishga yanada koʻproq harakat qiladi. Quchoqlash, tabassum qilish, ular qilayotgan ishiga qiziqish bildirish – bola uchun eng yaxshi mukofotdir, hatto shirinlik yoki yangi oʻyinchoqlardan ham yaxshiroq.

Oʻz umidlaringiz haqida aniq gapiring
Farzandingizdan nima istayotganingizni unga aniq ayting. Bu unga nima qilmaslik kerakligini aytishdan koʻra samaraliroqdir. Farzandingiz nima qila olishi va nima qila olmasligini aniq bilishingiz kerak. Agar undan imkonsiz narsani soʻrasangiz, natijada hech narsa chiqmaydi.

Bolaning e’tiborini qaratish uchun ijodiy yondashing
Agar siz bolalar bilan muloqot qilishda qiynalayotgan boʻlsangiz, ular bilan qiziqarli mashgʻulotlarga birga qatnashingiz yoki oʻzingiz oʻtkazishingiz mumkin.

Oqibatlar haqida xotirjam gapirib bering
Katta boʻlishning oʻzgarmas qismi, har qanday harakat qandaydir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushunishni oʻz ichiga oladi. Farzandingizga yomon xatti-harakatlarning oqibatlarini tushuntirib, toʻgʻri harakat qilish imkoniyatini bering.

“Yoʻq” soʻzini faqatgina juda muhim vaziyatlarda ishlating
Bola uchun mumkin boʻlgan chegaralarni belgilashingiz zarur. Agar, uning har bir harakati qoʻldan chiqaversa, bola sarosimaga va hayratga tushib qoladi. Aynan nima muhim ekanligini ota-onalar hal qilishadi. Qoidalar qanchalik kam boʻlsa, bola ularni shunchalik tezroq oʻrganadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img