2024-yil 27-may kuni soat 22:50 da 16 yoshli oʻsmir va uning sheriklari Denovdagi savdo doʻkonlaridan birining oldida boshqa bolalar bilan janjallashgan. Janjal paytida gumonlanuvchi va uning sheriklari tosh hamda tayoqlar bilan qolganlarni kaltaklab, tan jarohati yetkazgan.
Shuningdek, ular janjalning oldini olmoqchi boʻlganlarga ham qarshilik koʻrsatgan.
Oʻsmir Denov tuman IIB vaqtinchalik saqlash hibsxonasi orqali Termiz shahridagi 9-son tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Maʼlum qilinishicha, 2008-yilda tugʻilgan gumonlanuvchi yigit oldin ham bezorilik jinoyatini sodir etgan.