Bolani internet xavfidan qanday himoyalash mumkin?

22.08.2024 17:30
eye icon31
Bolani internet xavfidan qanday himoyalash mumkin?
Bolalarim internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi va bu meni tashvishga solmoqda. Nima qilishim kerak?

Bu savol ko’pchilik ota-onalarda bo’lsa kerak. Chunki bugungi rivojlangan zamonda ijtimoiy tarmoqlar va internet orqali nafaqat yaxshi, balki salbiy oqibat keltirib chiqaradigan axborotlar ham tarqatiladi.

Buning oldini olish uchun esa quyidagi tavsiyalarni inobatga olishingiz lozim.

● Bolalar internetdan va ijtimoiy tarmoqlardan qanday maqsadda foydalanishni tushunishlari uchun ular bilan tez-tez suhbatlashish kerak.

● Bolalardan qaysi veb-saytlarni ishlatishini va yana nima maqsadda ishlatish mumkinligi haqida soʻrang. Ulardan internetdan foydalanishda nimalarni yoqtirishlari va nimalarni yoqtirmasliklari toʻgʻrisida bilib oling.

● Bolalaringiz internetda va ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlar va holatlarning qay birini “yomon xulq-atvor” va qay birini “yaxshi xulq-atvor” deb hisoblashlari haqida soʻrang va bu haqda tushuncha bering.

● Farzandlaringiz bilan ochiq, samimiy va xotirjam gaplashishingiz ularning oʻzlarini yaxshi va erkin his qilishlariga sabab boʻladi. Shunday qilsangiz, kelajakda farzandlaringiz internetda nimalar qilishini, biror narsadan yoki holatdan xafami yoki yoʻqmi va ular bilan internet va ijtimoiy tarmoqlarda biron noxush holat sodir boʻldimi yoʻqmi sizga erkin aytib beradilar.

● Farzandlaringizdan internet tarmogʻidan foydalanish haqida koʻproq ma’lumot olishga yordam berishlarini soʻrang. Koʻpgina bolalar internetdan foydalanishni juda yaxshi bilishadi va undan foydalanishni oʻrganishingizda sizga yordam berishlari mumkin.

Qisqa qilib aytganda, bolani ijtimoiy tarmoqlar yoki internetdan uzoq tutish emas, ulardan qanday foydalanish haqida tushuntirish bergan ma’qulroq. Shuningdek, farzandingiz bilan u internetda nimalar qilayotgani haqida suhbatlashish lozim. Bunda “tergovchi” rolida emas, yaqin sirdosh, do’st rolida u bilan suhbatlashish to’g’ri bo’ladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img