Baxtsiz hodisadan dasturlash va sportga qadam qo‘ygan yigit

21.08.2024 09:04
eye icon44
Baxtsiz hodisadan dasturlash va sportga qadam qo‘ygan yigit
Bu yigitning ismi Asadbek. Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Qoraxitoy qishlog’idan. Hozirda 14 yoshda. Baxtsiz hodisa tufayli bir oyog’idan ayrilgan.

“Sen kuchlisan” loyihasi Asadbekning ahvolidan xabar topdi va zudlik bilan yordamga kirishdi.

"Eng avval, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda 24 soat ichida Asadbekka yangi, zamonaviy, qiymati 35 mln so’m bo'lgan protez o’rnatishdi", – deydi loyiha asoschisi va rahbari Marjona Nurmuhammedova.

Yoshlar ishlar agentligi bilan hamkorlikda Asadbekka eng zamonaviy noutbuklardan biri hadya etildi va bepul IT kurslariga jalb qilindi. Hozirda Asadbek eng kuchli IT mutaxassislaridan bepul dars olmoqda. Yana oz muddatdan keyin Asadbek bemalol bu sohadan o’zi pul ishlab topa oladi, ya'ni Asadbek ish bilan ham ta’minlanadi!

"Va yana loyihamiz Paralimpiya qo’mitasi bilan hamkorlikda Asadbekni eshkak eshish bo’yicha 2025-yilda o’tkaziladigan Osiyo o’yinlariga va 2028-yilda o’tkaziladigan Paralimpiya o’yinlariga tayyorlaydigan bo’lishdi. Asadbekning o’qishi qishloq maktabidan Chirchiqda joylashgan maxsus sport maktabiga ko’chirildi! 

Asadbek uchun avgust oyi 3 ta kutilmagan yangilikka boy bo’ldi. O’zi esa osmonlarda uchyapti, ko’z yoshlarini yashira olgani yo’q. 

Birgina e’tibor bir bolaning hayot yo’lida keskin burilishlarga sabab bo’ldi. Sizlardan iltimosimiz, atrofingizdagi insonlarga befarq bo’lmang, bizdan faqat yaxshilik qoladi", – deb yozdi Marjona Nurmuhammedova.

Darhaqiqat, yaxshilikning katta-kichigi bo'lmaydi. Siz arzimagan yordam deb o'ylagan ish kimningdir hayotini butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img