120 ming bitiruvchi talabalikka tavsiya etildi

20.08.2024 16:39
eye icon49
120 ming bitiruvchi talabalikka tavsiya etildi
17-avgust kuni eʼlon qilingan tanlov natijalariga koʻra, 186 871 nafar abituriyent bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalikka tavsiya etilgan.

Bunda ular quyidagicha taqsimlanadi:
· davlat granti asosida – 41 153 nafar;
· toʻlov-kontrakt asosida – 145 718 nafar.

Kunduzgi taʼlim shakliga:
· davlat granti asosida – 39 903 nafar;
· toʻlov-kontrakt asosida – 84 132 nafar.

Sirtqi taʼlim shakliga:
· davlat granti asosida(imtiyozli) – 1 046 nafar;
· toʻlov-kontrakt asosida – 48 555 nafar.

Kechki taʼlim shakliga:
· davlat granti asosida(imtiyozli) – 153 nafar;
· toʻlov-kontrakt asosida – 8 455 nafar. 

Masofaviy taʼlim shakliga:
· davlat granti asosida(imtiyozli) – 51 nafar;
· toʻlov-kontrakt asosida – 4 576 nafar.

Talabalikka tavsiya etilganlarning 14 230 nafarini imtiyozli qabul parametrlari doirasida qabul qilinganlar tashkil etadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi xabariga koʻra, talaba boʻlganlarning 120 845 ming nafari joriy yil bitiruvchisi hisoblanadi.

Maʼlumot oʻrnida, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) my.uzbmb.uz sayti orqali (shaxsiy kabinetida) onlayn berishi mumkin.

Bunda arizachi apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan boʻlishi lozim.

Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img