Sentyabr oyidan boshlab, o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 20% emas, balki 50% ustama to‘lanadi.
Prezident tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga katta e’tibor qaratilib, ushbu o‘qituvchilar xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq olishlari adolatli deb topildi.
Shuningdek, o‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu olimpiada g‘olib va sovrindorlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.