Farzandlar sizning har bir gapingizga ergashmasligi mumkin, ammo qilayotgan amallaringizga ergashadi.
Ota va ona har doim ham farzandga oʻz gaplari orqali oʻrnak boʻlolmaydi. Yaʼni oʻz qilgan ishlari va amallari orqali ham oʻrnak boʻlishi lozim deb oʻylaymiz.
Biz esa faqat oddiy soʻz va gaplar bilan farzandga aql oʻrgatamiz va oʻrnak boʻlishga urinamiz. Toʻgʻri buning ham oʻz samarasi bor. Ammo yaxshi amal kabi natija bermaydi.
Yaxshi ishlarga, ezgu amallarga qoʻl urmoqchmisiz? Shu vaqtda farzandingizni ham oʻzingiz bilan olib yuring. U ham siz bajargan ishlarni koʻrsin, xabardor boʻlsin. Albatta u uchun siz oʻrnak boʻlasiz!