Nega Buxoriydek bolalar etishib chiqmayapti?

18.08.2024 17:50
eye icon66
Nega Buxoriydek bolalar etishib chiqmayapti?
Ona mehri, zakovati, fidoyiligi… Bu fazilatlar haqida kitoblar yozilgan, ash’orlar bitilgan… Bola parvarishi, tarbiyasi, uning bilimli, intizomli, hunarli qilish choralari bosqichma-bosqich o‘rgatilgan. Bugungi axborot asrida bu mavzuda istagancha ma’lumot topish mumkin: bolaning rivojlanish bosqichi, kunma-kun, qadamma-qadam qanday parvarish qilinadi, necha yoshida nima o‘rgatiladi… Bola psixologiyasi qanday? Unga nima deyish mumkin-u, nimani aytmaslik lozim…

Biroq, shunga qaramay, bir paytlar – o‘sha qadim zamonlardagidek zukko, odobi go‘zal bolalarni yetishtirish hech kimning qo‘lidan kelmayapti. Buxoriylar, Termiziylar, Ibn Sinolar, Zamaxshariylar… Nega o‘zi egallagan sohada karvonning eng boshida turish bilan birga, komil mo‘minlik hayotini yashay oladigan, Allohga chin bandalik qiladigan mukammal shaxslarni tarbiya qilolmayapmiz?!

Bugun tarbiya borasida ko‘plab manbalarda bolalar hamma payt yaxshi ko‘rilishi, ularga hech qachon jahl qilinmasligi kerakligi, ularga ko‘proq diqqat-e’tibor qaratilishi darkorligi aytilmoqda. Zamonaviy pedagogika esa farzandni shahzoda yoxud malikadek ardoqlashni, sharoitlar yaratilishini targ‘ib etmoqda. Tan olib aytish kerakki, bu tarbiya uslublari o‘zini oqlamadi. Ularga amal qilinganda, o‘zidan boshqani o‘ylamaydigan, xudbin, manfaatlar ortidan chopadigan, jonini koyitmay kun ko‘rish payida bo‘ladigan bir avlod yetishib chiqmoqda.

Afsuski, islomiy e’tiqoddagi oilalar ham bu kabi fikrlardan ta’sirlanmoqdalar va musulmonlarning farzandlari ham go‘zal ahloqdan yiroqlashmoqda.

Biroq mazkur zamonaviy fikrlar, psixologlik qarashlar va pedagogik tadqiqotlar o‘zini oqlay olmadi. Shunday ekan, ajdodlarimizning tajribadan o‘tgan, o‘zini oqlagan tarbiya usullariga, ya’ni bolalarimizni Qur’oni karim va hadisi sharifga ko‘ra tarbiyalashga qaytishimiz lozim.

Bolalarni yaxshi ko‘rish, ularga shafqat ko‘rsatish kerak. Shu bilan birga bir imtihon vositasi ekanliklari uchun ularni nazorat ham qilish kerak. Ya’ni, Alloh taolo bola tarbiyasi borasida ham biz uchun bir mezon bo‘ladigan ishoratlarni ko‘rsatgan. Qur’on bilimlariga suyangan holda Payg‘ambarimiz alayhissalomning bola tarbiyasiga qanday yondashganlarini o‘rgansak, inson fitratini kamol toptirishda xatoga yo‘l qo‘ymaymiz, inshaAlloh.

“Islom nuri” gazetasining 2020-yil, 7-sonidan

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img