Bir yoshgacha boʻlgan bolalar anemiyasi asosan parhez yoʻli bilan davolanadi.
Bunday paytda bolalar ratsioniga oʻz tarkibida temir moddasini koʻp saqlovchi mahsulotlar tavsiya etiladi.
Taʼkidlanishicha, qonni koʻpaytirish jarayonida bolaning individual xususiyati va yoshiga bogʻliq ravishda parhez tanlanadi.
Masalan, chaqaloqlarda anemiyani oldini olish uchun eng yaxshi ozuqa – ona suti.
8 oylikdan boshlab: qoʻshimcha ovqat sifatida goʻsht, grechkali kasha berish mumkin.
12 oyligidan boshlab esa baliq, mevalar va sabzavotlar bolaning ovqat ratsioniga qoʻshiladi.
Baʼzida gematologlar qoni kam bolalarga bir kunda 5 mahal ovqatlanishni tavsiya etishadi.
Bunda quyidagi mahsulotlar boʻladi:
• non, makaron, un mahsulotlari;
• shoʻrva;
• baliq;
• goʻsht, jigar;
• tvorog, sariyogʻ, pishloq;
• tuxum;
• yongʻoq;
• grechka;
• noʻxat, fasol shoʻrva;
• sabzavotlar, mevalar va rezavorlar.