Tarbiyachi she‘r yodlamagan bolani kaltakladi

15.08.2024 16:38
eye icon92
Tarbiyachi she'r yodlamagan bolani kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyachi ayol 5 yoshli bolaga qoʻpol munosabatda boʻlgani aks etgan video tarqaldi. Maʼlumotlarga koʻra, voqea 13-avgust sanasida Surxondaryo viloyati Denov tumanining 16-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan.

Videoda mustaqillik haqidagi sheʼrni yodlatmoqchi boʻlgan xodim yigʻlayotgan tarbiyalanuvchilardan biriga baqirib, goʻyoki tinchlantirish uchun kaltaklagani koʻrinadi. Shuningdek, ayolning bolalarga qarata “qoʻling tizzangda tursin”, degan buyrugʻi va asabiy ohangdagi ovozi ham eshitilgan.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ushbu holat oʻrganilayotganini, qoʻshimcha axborot taqdim etilishini maʼlum qildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img