Bola 6 yoshdan ham maktabga borsa bo‘ladimi?

29.06.2022 09:00
eye icon1333
Bola 6 yoshdan ham maktabga borsa bo'ladimi?

Aksariyat ota-onalar farzandining bilim olishga etarli qobiliyatga egaligi, tengdoshlaridan yaxshiroq o'zlashtirishi va bir qator sabablar bilan ularni ertaroq maktabga berishni istashadi. Odatda maktablarga bolani 7 yoshdan qabul qilish belgilangan. Ammo ba'zida istisno holati ham bo'lishi mumkin. Hozir shu haqda ma'lumot beramiz.

O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida”gi nizomga muvofiq, umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 1-sinfiga 6–7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

Tegishli yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoshga to'lmagan, 1-sinfda o'qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan mazkur umumiy o'rta ta'lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o'qish uchun jismonan va ruhan tayyorlash bo'yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. Ya'ni bola tibbiy jihatdan tayyor bo'lsa va maktabning pedagog hamda psixologlari tomonidan maktabda o'qish uchun tayyor ekanligi bildirlsa, bola 6 yoshdan ham maktabga chiqishi mumkin bo'ladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img