Onasidan yashirilgan xorazmlik bolalar Toshkentdan topildi

14.08.2024 12:54
eye icon72
Onasidan yashirilgan xorazmlik bolalar Toshkentdan topildi
Safoyevlar oilasida bir emas, ikki nafar farzand tugʻilganidan soʻng ham ahillik kuzatilmadi. 2019 va 2020-yillarda qiz va oʻgʻil ota-ona orasidagi jarlikka koʻprik boʻlolmadi.

Oila tanazzul yoʻlidan bordi. Deyarli besabab boshlangan va izi uzilmay davom etgan talashuv-tortishuvlardan soʻng Munisa bu uyda ortiq qololmadi. Oʻzi tugʻilib oʻsgan ota-onasi xonadonidan panoh topdi. Farzandlari erining qoʻlida qoldi.

Ota uyiga qaytganidan soʻng sal vaqt oʻtgach, farzandlarini oʻz tarbiyasiga olish yuzasidan sudga ariza berdi. Sud farzandlarni onasi tarbiyasiga berish yuzasidan qaror chiqardi. Mazkur sudning ijro hujjati MIBning Shovot tumani boʻlimi ish yurituviga kelib tushdi va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishildi.

Biroq bolalarni onasidan uzoqlashtirib, diydorini ham koʻrsatishni istamagan ota farzandlari bilan oʻz uyidan turli xil joylarga koʻchib yurgan. Natijada ota va bolalarga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ota Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi qurilishi tugallanmagan hovlida ustachilik bilan shugʻullanib yurgani, farzandlarini ham  yonida olib yurgani aniqlandi. Bolalar Xorazm viloyatiga olib kelinib, sogʻ-salomat onasi tarbiyasiga olib berilishi taʼminlangan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img