Gentra 4 yoshli bolani urib ketdi

14.08.2024 12:50
eye icon68
Gentra 4 yoshli bolani urib ketdi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yoʻl chetidagi bolani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi. 

Qayd etilishicha, holat 9-avgust kuni soat 19:40 atrofida sodir boʻlgan. Haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotgan, soʻngra yoʻl chetida turgan 4 yoshli bolani urib yuborgan. Oqibatda bola olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida halok boʻlgan.

Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img