O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor jazolandi

13.08.2024 08:57
eye icon146
O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor jazolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda direktor oʻqituvchilarni oʻt-oʻlan yulishga majburlagani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat Pop tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 5-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 349-sonli qaroriga zid ravishda, muassasa xodimlari maktab hovlisida tozalov ishlariga jalb etilganligi aniqlandi.

Shu sababli, tashkilot rahbariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img