O‘zbekistonda oliy diniy ta‘lim muassasalari soni bittaga ko‘paydi

12.08.2024 14:14
eye icon49
O‘zbekistonda oliy diniy ta'lim muassasalari soni bittaga ko‘paydi
Imom Termiziy nomidagi islom instituti Oʻzbekiston Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼlim muassasasida oʻqish muddati 4 yil boʻlib, bakalavr darajasidagi oliy diniy maʼlumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Imom Termiziy nomidagi islom institutiga 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul eʼlon qilindi. Oʻqishga kirish istagida boʻlgan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 14-avgustdan 20-avgustga (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qadar davom etadi.

Mazkur oliy diniy taʼlim muassasasiga oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasini tamomlagan abituriyentlar hujjat topshirishlari mumkin.

Abituriyentlar quyidagi fanlar boʻyicha qabul imtihonlarini topshiradilar:

Arab tili (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
Hadis va Mustalahul hadis (ijodiy imtihon) – 63 ball;
Oʻzbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.
Arab tili boʻyicha V2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Qabul imtihonlarini oʻtkazish sanasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Termiz shahrida 2020-2021 oʻquv yilidan oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi tashkil etilgan boʻlib, 2023-2024 oʻquv yilida ilk bitiruvchilar mazkur taʼlim muassasasini tamomladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img