Onamning ajinlari qayerdan keldi?

11.08.2024 19:56
eye icon86
Onamning ajinlari qayerdan keldi?
Onalar haqida har qancha so'z yuritilsa, ularning mehri, sadoqati va matonatini e'tirof etilsa oz. Bugun onasini qadlayotganlarga eslatma, volidasini unutib qo'yayotganlarga nasihat o'laroq ba'zi narsalarni yetkazishga harakat qilamiz

Hadyani avval onaga, so‘ng otaga berilishi durust hisoblanadi.

Hayot bo‘lsalar ham, vafot topib ketgan bo‘lsalar ham ularning haqlariga doimo duoda bo‘lmoq zarur.

Onalarning yuzlariga tushgan ajinlar, qo‘llarining qadoqlari – siz va aka-ukalaringiz, opa-singillaringiz sababli ekanligini unutmang!

Sizga bergan oq sutini lutfu–karam ila bergandir, ammo sizning unga bergan taomingiz ba’zida minnatli va ozorlidir. Unga bergan har luqmangiz lutfli bo‘lishi uchun kamtarin bo‘ling!

Unga har kuni ko‘rinish bering, chunki uning sizni ko‘rishi sizning unga tillolar tuhfa qilganingizdan ortiqroqdir.

Tirikligida bor imkoniyatingiz ila unga tavoze’li va shirin so‘zli bo‘ling, qachonki uni yo‘qotsangiz armondan xoli bo‘lasiz.

Har kuni onangizni bag‘ringizga bosing! U sizni har kuni quchib, hidlaringizdan zavqlangan, buni esingizdan chiqarmang!

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img