Sho‘x bolaga baqirmaslikning iloji bormi?

11.08.2024 17:25
eye icon163
Sho‘x bolaga baqirmaslikning iloji bormi?
Deyarli barchaning bolalik yillari sho'xliklar bilan o'tadi. Bolalar doim ham sizning aytganingizni bajaravermaydi. Bunday holatda ayrim ota-onalar farzandiga baqirib, ularni jazolashga tushadi. Ammo bu bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Xo'sh, unda bolaning sho'xliklariga baqirmasdan munosabatda bo'lish uchun nima qilish lozim?

Agar baqirgingiz kelsa, o‘zingizni tuta olmasangiz baqirish kerak. Chunki baqirmaslikka harakat qilish mumkin emas. Baribir bir kun yig‘ilib, portlab chiqib keladi. Ya’ni sun’iy ravishda his-tuyg‘ularni yopish kerak emas.

Inson farzandiga baqirayotganda aslida alam, g‘azab o‘zida bo‘ladi, o‘zini-o‘zi jazolayotgan bo‘ladi. Go'yoki bolani yaxshi gap bilan boshqara olmayotgani uchun o'zini jazolaydi.

Ichingizda qandaydir o‘zingizga nisbatan yoki qaysidir insonga nisbatan qattiq norozilik uyg‘onganda farzandingizni juda oddiy harakatlari ham sizni baqirishga majbur qiladi.

Bunday kishilar nega "sal narsa ham menga 'tegib' ketadigan bo‘libdi, gap ko‘tarolmay qolibman" – deyishadi. Sababi insonni ichi har xil negativ o‘y-xayollarga to‘lib ketgan bo‘ladi, bu xayollari unga tinch yashashga bermayotgan vaqtda yana tashqaridan kimningdir gapi insonni quturtirib yuboradi.

O‘z ustizda ishlaganingiz sari, ichingizdagi sizni qiynab kelayotgan o‘y-xayollaringizni tozalab tashlaganingiz sayun qalbingiz ochilishni boshlaydi. Bu baqirish his-tuyg‘usi asta-sekin o‘tib ketadi.

Shuningdek, bolaligida ota-onasi baqirib katta qilgan bo‘lsa ham inson farzandlariga beixtiyor baqirib tarbiya berishi mumkin. Ota-onadan olgan namunasini olib tashlash orqali buni o‘zgartirish mumkin.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img