Farzandingizni qiziqtiradigan 10 ta fakt

10.08.2024 16:18
eye icon52
Farzandingizni qiziqtiradigan 10 ta fakt
Hayotimizning ajralmas qismi bo‘lmish betakror do‘stlarimiz – hayvonot olami bizni har kuni ajablantirishda davom etadi. Buni payqay olsangiz bas, hayrat dengizida g‘avvos bo‘lib sho‘ng‘iysiz! Ushbu maqolada esa hayvonlar bilan bo‘ladigan munosabatlarimizga oid qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladik...

Itlar egasining e’tiborini jalb qilish uchun o‘zini kasaldek ko‘rsatishi mumkin. Aslida soppa-sog‘ bo‘la turib, juda ko‘p holatlarda bemor va g‘amgin holatda turishadi.
Mushuklar hayotining taxminan 70 foizini uyquda o‘tkazadi. Afsuski, ular hech qachon uyquga to‘yishmaydi...
Tadqiqotlarga ko‘ra, faqatgina itlar o‘z egasini boshqa hayvonlardan qizg‘anishlari mumkin.
Mushuk miyasi bilan inson miyasi bir-biriga 90 foiz o‘xshaydi.
Quyonlar xursand bo‘lsa, havoga sakrab, atrofda yugurgancha gir aylanishadi.
Mushuklar quloqlarini 180 darajagacha aylantira oladi.
Sichqonni qitiqlasangiz, kuladi. Ishonmasangiz, sinab ko‘ring!
Ayol mushuklar odatda har narsaga o‘ng panjasini ishlatadi.
Kuchukchani erkalash qon bosimini pasaytiradi.
Quyonlar ham xuddi mushuklar kabi o‘zini o‘zi talab tozalaydi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img