Andijon viloyati Marhamat tumanidan oʻtgan Janubiy Fargʻona kanalida ota va uning oʻgʻli oqib ketdi. Qayd etilishicha, hodisa 6-avgust kuni soat 11:00 larda sodir boʻlgan.
36 yoshli erkak “muravey” mototsiklida kanal qirgʻogʻidan burilayotgan vaqtida rul boshqaruvini yoʻqotib, kanalga tushib ketgan.
Avtoulovning yuk tashish uchun moʻljallangan joyida erkakning 10 yoshli oʻgʻli va 15 yoshli jiyani boʻlgan. Avtoulov kanalga tushib ketganida 15 yoshli bola kanaldan suzib chiqib olgan. Ammo ota oʻgʻlini qutqarmoqchi boʻlib, oʻzi ham oqib ketgan.