Talabalarning shartnoma pullarini toʻlayotgan aka-uka va opa-singillarga ham soliq imtiyozlari qoʻllanishi mumkin.
Bugun, 5-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan OʻzLiDeP fraksiyasining yigʻilishida mazkur masalaga ham toʻxtalib oʻtilgan.
Maʼlum boʻlishicha, yigʻilishda “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi muhokama qilingan.
“Qonun loyihasida talabalarning shartnoma pullarini toʻlayotgan aka-uka va opa-singillarga ham soliq imtiyozini qoʻllash yaʼni ularning daromadlariga soliq solmaslik nazarda tutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, bugungacha bunday imtiyoz faqatgina talabalarning ota-onalariga nisbatan qoʻllanilar edi.