Bolada "ko‘richak" belgilarini aniqlash

05.08.2024 13:01
eye icon77
Bolada "ko‘richak" belgilarini aniqlash
Oʻtkir appenditsit – chuvalchangsimon oʻsimtaning yalligʻlanishi hisoblanib, u chaqaloqlarda kamroq, katta yoshli bolalarda esa koʻproq uchraydi.

Ularda bu kasallikning ikki – oddiy yoki kataral va destruktiv turi uchraydi. Destruktiv appenditsit koʻrinishlaridan biri shuki, u teshiladi va peritonit – qorin pardasining yalligʻlanishiga sabab boʻladi

Ushbu kasallik turli virusli xastaliklar, bodomcha bezlar, quloq pardasining yalligʻlanishi va boshqa yiringli kasalliklardan soʻng boshlanishi mumkin

Katta yoshli bola bu kasallikda qornidagi ogʻriqdan shikoyat qiladi, isitma koʻtariladi, qayt qiladi, qabziyat kuzatiladi. Bola odatda chalqanchasiga yoki oʻng yonboshi bilan yotadi. 

Boisi, bunda ogʻriq biroz susayadi, biroq har qanday harakat ogʻriqni zoʻraytiraveradi, Qorin paypaslab koʻrilganda oʻng yonbosh sohasida kuchli ogʻriq seziladi, qorin mushaklari taranglashgan boʻladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img