"Yo‘q" deyish
Farzandingiz rad etishga haqli; uning o‘z fikrlari va istaklari bor. Bolaning "Yo‘q" so‘zini e’tiborsiz qoldirmang, agar bu yomon oqibatga olib kelishini sezsangiz, uni ishontirishga harakat qiling.
"Nega-negachilik"
3-5 yoshli bolalar cheksiz savollar berishadi. Savollarni eshitmaslikka olishingiz yoki e’tiborsiz qoldirish ularning qiziqishiga zarar yetkazadi. Agar javobni chindan bilmasangiz, uni birgalikda topishni taklif qiling.
G‘azablanish
Bolalar ham salbiy his-tuyg‘ularga ega va bu vaqtinchalik jarayon bo‘lishi ham mumkin. Buning o‘rniga ularni chalg‘itishga yordam bering. Agressiv his-tuyg‘ularni namoyon qilish bolaga xos odat, uni qo‘rqitib ichiga yutishga majburlasangiz, ruhiy muammolar kelib chiqishi mumkin.
Ulashishga majburlamang
Hikoyalar va misollar orqali saxiylikni rag‘batlantiring, lekin biror narsani bermasa, ularni ochko‘z deb atashdan saqlaning. Bola asta-sekin atrofdagilar bilan bo‘lishishni o‘rganadi, eng muhimi bu unga yoqishi kerak. Sizning qistovingiz bilan ulashishni o‘rganishi unga aslida yoqimsiz bo‘lishi mumkin. Ularning egalik hissi va chegaralarini hurmat qiling.
Qo‘rquv
Qo‘rquv normal holatdir; hamma buni boshdan kechiradi. Hech qachon bolangizni qo‘rqib ketgani uchun uyaltirmang, unga yordam berish uchun borligingizni bildiring.
Yig‘lash
Bolaning ko‘z yoshlarini uyat qilmang; sababini aniqlash va bartaraf etishga yordam bering. Hissiy ifodani rag‘batlantiring.
Xatolar qilish
Agar bola biror ishni bajarishga qiynalsa, uning o‘rniga o‘zingiz qilib bermang. Ruhan qo‘llab-quvvatlang va ularga qayta urinib ko‘rish imkoniyatini bering.