Bog‘cha bolasining o‘limiga sababchi bo‘lganlarga ozodlikni cheklash jazosi berildi

04.08.2024 15:20
eye icon168
Bog‘cha bolasining o‘limiga sababchi bo‘lganlarga ozodlikni cheklash jazosi berildi
Fevral oyida Jizzax viloyati Doʻstlik tumanidagi oilaviy bogʻchada qarovsiz qolgan 3 yoshli qiz ariqqa tushib ketib, vafot etgandi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovning maʼlum qilishicha, holatga sababchi boʻlganlar jazoga tortildi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 3 nafar tarbiyalanuvchisi nazoratsiz qolishi oqibatida bogʻcha hovlisidan chiqib ketgan. Soʻngra ulardan biri taxminan 1 km uzoqlikdagi fermer xoʻjaligi dala maydonidan oqib oʻtuvchi ariqdagi suvdan oʻlik holda topilgan.

Qolgan ikki bola esa sogʻlom holda oila davrasiga qaytarilgan. Bolalar tashkilotga qatnovchi bolalar roʻyxatiga kiritilmagan, yaʼni noqonuniy tartibda qatnagan.

Jinoyat ishida jami uch kishi — 31 yoshli bogʻcha direktori F.M., 31 yoshli tarbiyachi D.T. va 49 yoshli tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshligʻi A.Oʻ. ayblangan.

SES rahbari tashkilot uchun ajratilgan xonalar belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyeniya normativlariga mos kelmasligini bila turib, ularning jihozlanishi talablarga mos tashkil etilgani toʻgʻrisida sohta maʼlumotlar kiritgan hamda bogʻchaning faoliyat koʻrsatishiga qarshilik bildirmagan.

26-iyul kuni jinoyat ishlari boʻyicha Doʻstlik tumani sudi hukmiga koʻra:

Direktor F.M. Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam oʻlimiga sabab boʻlsa) va 167-moddasi 2-qismi “g” bandida (Mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Unga 3 yil muddatga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida ishlash hukuqidan mahrum etish va 4 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi;

Tarbiyachi D.T. Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 3 yil muddatga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida ishlash hukuqidan mahrum etish va 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi;

Boshqarma boshligʻi A.Oʻ. Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 209-moddasi 1-qismida (Mansab soxtakorligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Unga 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish va 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img