Qorabog‘liklar O‘zbekiston OTMlariga imtihonsiz qabul qilinadi

04.08.2024 08:37
eye icon74
Qorabog‘liklar O‘zbekiston OTMlariga imtihonsiz qabul qilinadi
O‘zbekiston hukumati tarafidan Qorabog‘ning Fuzuliy shahrida qurib bitkazilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-umumta'lim maktabini tamomlaganlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma'lum qildi.

Maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan uchrashgan vazirga ko‘ra, bu maktabda O‘zbekistondan ham o‘qituvchilar kelib dars beradi va kelgusida hamkorlik yanada kengaytiriladi.

“Maktabni bitirgan ozarbayjonlik farzandlarimiz kelajakda Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab attestatini ko‘tarib yurishidan juda xursandman. Bu maktabni bitirgan bolalar bizning ham farzandlarimiz sanaladi. Shuning uchun ular O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi”, degan Qo‘ng‘irotboy Sharipov.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img