Endi farzandini urgan ota-ona ham javobgarlikka tortiladi

03.08.2024 11:20
eye icon66
Endi farzandini urgan ota-ona ham javobgarlikka tortiladi
Jahon bankining tavsiyasi asosida bolalar va xotin-qizlarning tazyiq va zoʻravonlikka uchrashining oldini olish choralari samaradorligini oshirish, oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhit yaxshilanishini taʼminlashga qaratilgan qonun ishlab chiqildi.

“Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi majlisida muhokama qilindi.

Amaldagi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari dispozitsiyasida oilaviy (maishiy) zoʻravonlikning qurboni er-xotin, sobiq er-xotin, bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxs yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxslar boʻlishi mumkinligi nazarda tutilgan. Ammo bunga bolalar kiritilmagan. Natijada oilaviy zoʻravonlikka uchragan bolalarga nisbatan jinoyat ishlarini malakalashda tergov idoralarida turli muammolar yuzaga kelgan.

Mazkur qonun bilan bolalarni himoya qilishning huquqiy asosi mustahkamlanib, bolaga, vasiylik yoxud homiylik ostida boʻlgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan oilaviy zoʻravonlik qilganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmoqda. Tegishli qonun hujjatlari bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi norma bilan toʻldirilmoqda.

Jinoyat-protsessual kodeksining 583-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, yarashtiruv instituti bilan bogʻliq norma aks ettirilgan. Yarashtiruv instituti amaliyotda mavjud boʻlib, turli holatlarda sudgacha tomonlar oʻzaro yarashtiriladi. Ammo bu qonun bilan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik boʻlsa, sudgacha hech qanday yarashtiruv mumkin emasligi belgilanmoqda. Chunki tergov bosqichida er-xotinlarning oʻzaro yarashganligi oqibatida ayblanuvchi tomon jazo muqarrarligini his etmay, bir yil davomida yana qayta zoʻravonlik sodir etishi holatlari kuzatilmoqda.

Shuning uchun ham yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud alohida xona (maslahatxona)ga kirishidan oldin, yaʼni oilaviy (maishiy) zoʻravonlik sodir etgan shaxs faqat sudda yarashuv toʻgʻrisida ariza berish huquqiga ega boʻlishi belgilanmoqda.

Mazkur qonun qabul qilinishi oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyat ishlarini har tomonlama, toʻliq va xolisona koʻrib chiqilishiga, tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning xulqiga koʻrsatiladigan ijobiy taʼsirning kuchi yanada ortishiga, bolalar va xotin-qizlarning tazyiq va zoʻravonlikka uchrashining oldini olishga xizmat qiladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img