Chaqaloqlarni ona suti bilan oziqdantirish darajasi oshdi

02.08.2024 08:32
eye icon163
Chaqaloqlarni ona suti bilan oziqdantirish darajasi oshdi
Kecha, 1-avgustdan boshlab dunyo boʻylab Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi boshlandi. Shu munosabat bilan UNICEF va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining qoʻshma hisoboti eʼlon qilindi.

Unda qayd etilishicha, soʻnggi 12 yil ichida bu borada ijobiy oʻsish tendensiyasi kuzatilmoqda. Xususan, ana shu davrda sayyoramiz boʻyicha ona suti bilan oziqlanadigan olti oylikkacha boʻlgan chaqaloqlar soni 10 foizga koʻpaygani quvonarli. 

Bu jahonda 48 foiz goʻdaklar sogʻlom hayot boshlash imkoniyatiga ega boʻlganini anglatadi. Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot xizmatining qayd etishicha, ushbu statistika JSSTning 2025-yilda koʻkrak suti bilan parvarishlanadigan bolalar sonini 50 foizdan oshirishga doir global maqsadlariga yaqin. 

“Biroq hali mazkur yoʻnalishda oʻz yechimini kutayotgan muammoli masalalar bor. Vaholanki, chaqaloqlarni ona suti bilan oziqlantirish darajasini yaxshilash orqali yiliga 820 ming nafardan ziyod bolaning hayotini saqlab qolish mumkin.

Chunki koʻkrak suti tarkibidagi antitanalar goʻdakni turli kasalliklar, ayniqsa xavfli patologiyalardan himoyalaydi. Sogʻlom oʻsishi va rivojlanishini taʼminlaydi. Oʻz navbatida, onalarning saraton va baʼzi yuqumli boʻlmagan xastaliklarga chalinish xavfini kamaytiradi.

Biroq koʻp ayollar farzandlarini koʻkrak suti bilan oziqlantirish borasida malakali tibbiy masalahat olish imkoniyatiga ega emas. Baʼzilari emizishning chaqaloq va ona salomatligi uchun naqadar muhimligidan bexabar”, – deyiladi SSV xabarida.

Ayrim mamlakatlarda sunʼiy ozuqalarni reklama va targʻib qilishga doir yetarli cheklovlar oʻrnatilmagan. Ona suti bilan parvarishlashni qoʻllab-quvvatlash mexnazmlari ishlab chiqilmagan. Bu borada doimiy monitoring dasturlari mavjud emas. 

Mehnat qonunchiligida belgilangan — xodimga emizish boʻyicha tanaffuslar berish kabi normalarga rioya etilishi nazorat qilinmaydi. 

Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi davomida 7-avgustga qadar ushbu masalalar ham muhokamalar markazda boʻlishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Oʻzbekiston koʻchalaridagi reklama bannerlarida “Onasini emsin. Bu soʻkinish emas, shifokor tavsiyasi” yozuvlari aks etgan roliklar namoyish etildi. Bu ham bolalarni ona suti bilan oziqlantirishga targʻib sifatida olib borilgan kampaniya ekanligi taʼkidlandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img