Farzandingizda autizm xastaligi bo‘lishi mumkin

31.07.2024 17:48
eye icon97
Farzandingizda autizm xastaligi bo‘lishi mumkin
Bola nutqi va tili rivojlanishida bolaning to’g’ri emotsional rivojlanishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Bola muloqot qilishni xohlashi kerak. Lekin muloqotdan o’zini olib qochadigan bolalar uchrab turadi. Buning sababi ko’p va ular turlicha bo’lishi mumkin.

Masalan, oila va atrofdagi yomon muhit tarbiyasi, cho’chib ketish bilan bog’liq psixik shikast, bolaning oilasidan birdan ajralishi yoki kasalxonaga tushib yolg’izlanib qolishi, duduqlanish va boshqalar.

Bolaning muloqot qila olmasligi AUTIZM deb ataladi. Bunda bola umuman «o’ziga kirib ketib», atrofdagilar bilan aloqa qilmaslikni istaydi. Bu holat bolada psixologik kasallik mavjudligidan dalolat beradi. Bunday bolalar muomala qilmaydilar, atrof-muhitga hech qanday qiziqish bildirmaydilar, qo’rquv ko’rsatkichlari bolada namoyon bo’lib turadi.

Autizm bilan kasallangan bolalar jismonan bitta harakatni qaytarib yurishni ma’qul ko’radilar. Ayrimlarida agressiya kuzatilsa, boshqalari esa, aksincha, juda ham nofaolligi, befarqiligi bilan ajralib turadi.

Bolada kichikligidanoq autizm alomatlarini sezish mumkin:

1. Bunday bolalar kattalar bilan har qanday aloqadan o’zlarini olib qochadi, masalan, boshqa bolalar singari onasiga yopishmaydi.
2. Ko’zga tik qaray olmaydi.
3. Ko’z uchi bilan qarash odati ko’p kuzatiladi.
4. Tovushlarga reaksiya qilmaydi (buni ko’pincha bolada eshitish qobiliyati pasayishi bilan adashtirish mumkin).
5. Bola muloqot qilsa ham, tabassum, kulgi, mimika kabi emotsiya qilolmaydi.
6. Bolaning uyqusi buzilgan bo’ladi.
7. Bola suhbat qilsa ham, boshqa tomonga qarab, hech kim bilan gaplashmayotgandek o’zini tutadi.
8. Bola doim nimadandir qo’rqib turadi (oddiy chiroq ham qattiq qo’rquv sabachisi bo’lishi mumkin).
9. Xatar nima ekanligini ham bilmasligi mumkin. Masalan, mashina yo’liga chopib ketadi, baland joylardan sakrab, o’zini otadi.
10. Bolaning atrof bilan muloqot qilishiga ichidagi kuchli qarshilik yo’l qo’ymaydi. Bola doim iltimos, talab va harakatlarga qarshilik ko’rsatgisi keladi.

Ko’pincha, ota-onalar autizm alomatlarini anglay olmay, bola erkalik qilyapti, sho’xlik qilyapti, quloq solmayapti, deb bolani kuch bilan tinchlantirmoqchi bo’ladi yoki bolaga qo’yilgan talablarni bajartirish uchun jazolash usullarini ham qo’llaydi. Bunday muomala bola psixikasiga aks ta’sir ko’rsatib, bolaning psixologik holatini yana-da og’irlashtirib yuboradi.

Bolada autizm alomatlarini sezsangiz, uni psixiatrga ko’rsatishingiz lozim.

Internet manbalari asosida tayyorlandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img