15 yoshli bolani samosud qilgan erkak qamaldi

31.07.2024 14:39
eye icon57
15 yoshli bolani samosud qilgan erkak qamaldi
Samarqandda aka singlisiga sevgi izhor qilgan oʻquvchini samosud qilgani aytilgan edi. Bolalar ombudsmani matbuot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 16-may kuni Past Dargʻom tumani IIBga 2009-yilda tugʻilgan B.S. tan jarohati olgani toʻgʻrisida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida taʼlim olishi, u shu maktabning 6-sinf oʻquvchisi boʻlgan qiz Q.A.ga sevishini aytgan. Soʻng qizning akasi A.Q. holatdan xabar topib, 15-may kuni bolani oʻz uyiga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, A.Q. yigitning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 29-iyul kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Pastdargʻom tuman sudida mazkur bolaga zoʻravonlik holatiga oid jinoyat ishi sud muhokamasi koʻrib chiqilib, A.Q. aybdor deb topilib, unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img