Oʻzbekistonlik oʻquvchi Xalqaro iqtisod olimpiadasida bronza medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlum qildi.
Gonkongda oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida (IEO-2024) 52 davlatdan 250 dan ortiq oʻquvchilari ishtirok etdi.
Musobaqada Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Jasurbek Rizoqulov uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Ma'lumot uchun: ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi ilk marotaba g‘oliblar qatoridan joy oldi.